Prezident Erdo'g'an Nyu-Yorkda Antonio Guterres bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashDİ.

1056032
Prezident Erdo'g'an Nyu-Yorkda Antonio Guterres bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashuv o’tkazdi.

BMTning navbatdagi sessiyasida ishtirok etish maqsadida hozirda rasmiy tashrif bilan Nyu-Yorkda bo’lgan Prezident Erdo'g’an u yerda BMTning Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashdi.  

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra mazkur uchrashuvda Turkiya va BMT o’rtasidagi yaqin hamkorlikni yana-da mustahkamlash borasidagi qarorlilik tasdiqlab olingan. 

Mazkur uchrashuvda ba’zi muhim xalqaro va mintaqaviy masalalarning ham kun tartibiga olib chiqilganligi qayd etildi.

BMT tomonidan Prezident Erdo'g’an va Guterresning BMT markazidagi uchrashuvi haqida yozma ravishda bayonot berildi.

Bayonotda,

“Bosh kotib Turkiyaning 3.5 milliondan ortiq muhojirga quchoq ochganligi va BMT bilan Turkiya o’rtasidagi ajoyib hamkorlik uchun maqtov yog’dirdi. Bosh kotib va Prezident Erdo'g’an Suriyadagi vaziyatni qo’lga oldilar. Shuningdek Bosh kotib Idlibda qurolsizlashtirilgan zona tashkil etishlik uchun (Sochida) 17-sentabr kuni (Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan) qo’l qo’yilgan shartnomani xursandchilik bilan qarshi oldi” degan ifodalarga o’rin berildi.



Aloqador xabarlar