Erdo'g'an va Putin Idlibni qurollardan holi zona deb e'lon qilishga kelishib oldi

Ikki yetakchi Sochida tor va keng doiradagi hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng matbuotga bayonot berdi.

1051344
Erdo'g'an va Putin Idlibni qurollardan holi zona deb e'lon qilishga kelishib oldi

Turkiyaning tig'iz sa'y-harakatlari natijasida Suriyaning Idlib viloyatidagi gumanitar fojianing oldi olindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaning Idlib viloyatini qurollardan holi zona deb e'lon qilishga kelishib oldi.

Ikki yetakchi Sochida tor va keng doiradagi hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng matbuotga bayonot berdi.

Matbuot anjumanida Putin prezident Erdo'g'an bilan ikki davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muhokama qilganligini ma'lum qildi.

Savdo-iqtisodiy faoliyatlarda milliy pul birligidan foydalanishga e'tibor qaratgan Putin, qo'shma energiya loyihalari davom ettirilishini ta'kidladi.

Madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik faoliyatlari ko'zdan kechirilganligini ma'lum qilgan Putin, asosiy maqsad Idlibdagi vaziyatni muhokama qilish ekanligini va bu masala bo'yicha kelishib olganligini bildirdi.

Putin Suriyadagi rus harbiy bazalariga hujum qilinishidan xavotirda ekanligini tilga oldi.

"15-20 kmlik quroldan holi zona tashkil qilish uchun muxolif guruhlarning Idlibdan chekinishini qarorlashtirdik",-dedi Putin.

Erdo'g'an esa, Rossiyaga tashrif buyurganidan bahtiyor ekanligini tilga olar ekan, ikki davlat o'rtasida o'zaro hamkorlik har sohada mushtarak siyosiy iroda asosida davom etganligini ma'lum qildi.

Putin bilan Suriya masalasida fikr almashganligini tilga olgan Erdo'g'an: "Idlibda 15 oktyabrdan e'tiboran qurollardan tozalangan xavfsiz zona tashkil qilingan holda, muxoliflarning ham, rejim kuchlarining ham o'z o'rnida qolishini qarorlashtirdik",-dedi.

Uning so'zlariga ko'ra, qurollardan tozalangan zonada turk va rus askarlar nazoratni ta'minlab turadi. Natijada Idlibda ashaddiy gumanitar fojianing oldi olinadi.

"Terror guruhlari faqatgina Idlibda emas. Eng katta tahdid Evfrat daryosi sharqida faoliyat kıo'rsatgan terror tashkiloti PYDdir",-dedi Erdo'g'an.

Eslatma: Erdo'g'an va Putin oxirgi marta 7 sentyabr kuni Tehronda uchrashgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar