Kun tahlili 35- qism

2011dan beri davom etgan Suriya inqirozida Idlib hududi muxoliflarning oxirgi  markazi   vaziyatiga kelgan ahvolda.

1041019
Kun tahlili  35- qism

     2011dan beri davom etgan Suriya inqirozida Idlib hududi muxoliflarning oxirgi  markazi   vaziyatiga kelgan ahvolda. Idlib bilan bir qatorda atrofidagi g’arbiy va janubiy  Halab bilan birgalikta shimoliy  Hama va Shimoliy  Lazkiyada Turkman tog’lari atrofini o’z ichiga olgan  ushbu soha, Asad rejimiga qarshi urushgan muxoliflarning qo’lida qolgan oxirgi hududdir.

Muxoliflar Halab, Sharqiy Guta, Dera, Kuneyta va shimol Humus kabi hududlarni  boy berishi, Idlibdagi muxolafat  mavjudiyatini yana muhim bir holga keltirdi. Astana jarayoni doirasida 3 million atrofida aholiga ega  bo’lgan Idlib to’qnashmalik hududi doirasiga olingan edi. Turkiya Rossiya va Eron bilan borgan kelishuv doirasida  o’n ikki kuzatuv hududi kelajak jihatidan katta ahamiyat  kasb etmoqda.

SETA(Siyosat, iqtisodiy va jamiyat tadqiqotlari jamg’armasi) Tadqiqotchi Yozuvchi Jan Ajuning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz. Idlib hududidagi muxoliflar vaqti -vaqti  bir- biri bilan to’qnashmoqda edi. Ideologki ayri bo’lish bilan bir qatorda kuch kurashi ham ichida o’rin olmoqda. Mintaqadagi oxirgi o’zgarishlar jihatidan  Idlibda HTSh va milliy  erkinlashtirish  jabhasi ostida ikki asosiy fraksiyadan zikr etish mumkin. HTSh Amerika qo’shma shtatlari tomonidan terror tashkiloti sifatida baholanmoqda. Milliy erkinlashtirish jabhasi esa Turkiya tomonidan himoya qilinmoqda. HTSh Astana jarayoni tashqarisida qolar ekan, milliy erkinlashtirish jabhasi Astona jarayoning bir  parchasidir.

Rejim va ittifoqlar mintaqaga aralashish uchun bahonalar sifatida ilgari surib  radikal  guruhlar mavjuddir deyishmoqda.  Turkiya esa siyosiy yo’llar bilan  ushu guruhlarni yo’q  qilish uchun sa’y- harakat qilmoqda. Idlib, Astana jarayoni doirasida to’qnashmaslik hududi sifatida qabul qilinishiga qaramasdan rejim va ittifoqdoshlari Idlibni to’g’ridan keng ko’lamli nishon olishlarini tilga olmoqdalar. Idlib ehtimoli bir harbiy harakat, Turkiya jihatidan katta xatarlar tug’dirmoqda. BMT Suriya maxsus namoyandasi Steffan de Mistura bergan bayonotida Idlib hamda Sharqiy Guta ssenariyasi  takror qilinsa insoni vaziyat Sharqiy Gutada  olti barobar yana ham yomon bo’lish aniq  dedi.  Idlib va atrofidagi muxolif unsurlarning  bartaraf etilishi Turkiyaning ta’siri ostidagi Afrin, Azez, Bab, Jerablus kabi hududlarni ham to’g’ridan tahdid etadigan bir haqiqatga  ham sabab bo’ladi. Rejimning mavjud harbiy qobiliyati Idlibga qarata ehtimoli keng ko’lamli bir  harbiy harakat faqat Rossiyaning tasdiq qilishi  va harakatga qo’shilishi bilan amalga oshishi mumkin.

Turkiya va Rossiyaning Suriya sohasidagi mavjud vaziyatlari va ikki o’lka o’rtasidagi aloqalar,

Moskvaning Anqarani to’g’ridan tahdid etib bunday bir qadamni tashlash ehtimoli  juda zaifdir.

Faqat mintaqaga qarshi uyushtirilgan havo bombardimonlari Astana jarayoni bilan borilgan kelishuvga bo’lgan ishonchga zarar berib mintaqaning barqarorsizlashishiga hissa qo’shadi.

Ehtimoli Idlib operatsiyasi qarshisida Turkiyaning kuzatuv  nuqtalari  yo’ldan uruvchi ta’siri  bo’lib kelgusi jarayonda rejim va rejim tarafdorining  militsiyalari tomonidan sinalishi nazarda tutilmoqda. Turkiya tashkil etgan o’n ikki harbiy hudud quruqlikdan nishon olinishiga to’siq bo’lgan.

Rejim Idlibga keng ko’lamli bir harbiy harakat uyushtirish uchun harbiy  salohiyati yetarsiz qolgan va bu jihatdan ayniqsa Rossiya va Eronga  butunlay qaramli ko’rilmoqda. Rossiyaning nufuzi ostida bo’lgan Asad rejimi Idlibga hujum qilish qarori  esa Rossiya va Eronning   tasdiqi bo’lamdan turib amalga oshirilishi mumkin emas.

Rejimning Idlibga hujum qilish qarori faqat Rossiyaning tasdiqi va keng ko’lamli  himoya qilgan taqdirda amalga oshishi mumkindir.

Turkiya Idlib ustida Rossiya bilan yuritadigan muzokaralar taxminan 3 million tinch aholi yashagan mintaqani katta bir insoni inqirozdan qutqarish  uchun sa’y- harakatidir. Mintaqaga qarata amalga oshirilgan havo hujumlariga qarshi, Turkiya Rossiya va rejim kuchlarini Suriya havo sohasida fe’lan to’xtatishi mumkin bo’lmagani uchun diplomatik yo’llar bilan havo hujumlarini mumkin bo’lganicha kamaytirish  uchun sa’y- harakat qilmoqda. 

Bundan tashqari radikal tashkilotlarning Idlibdagi mavjudiyatini kamaytirib Rossiya va rejimini mintaqaga qarata havo harakatlari uchun iddao qilgan bahonalar qo’llaridan olinadi.

Suriyadagi to’qnashuvlarni yakunlash va Astana jarayonini  yakunlab siyosiy bir yechim  topilishi jihatidan Turkiya muxoliflarni bir markazda to’plash, esa  katta ahamiyat kasb etar ekan, rejim va muxoliflar Idlibga qarata bosqinchi uslublaridan voz kechishlari va havo hujumlarini to’xtatishlari

 Ham  darkor. Faqat rejim dlibdagi muxoliflarni ham bartaraf qilib  Harbiy jihatdan Suriya muxolafatini va inqilobchi kuchlarni butunlay ta’sirsiz holga keltirishni orzu qilgani ko’rilmoqda.

Astana va So’chi jarayoni doirasida yuritilgan yangi konstitutsiya tayyorlash va tashlanadigan boshqa aloqali  qadamlar ustiga bir bosim unsuri sifatida mavjudiyatini davom ettirish majburiyatidadir. Idlibni  qo’riqlash masalasi Turkiya jihatidan esa ehtimoli qochqin kelishidan qutqarish, FKH va ZDH mintaqalaridagi nufuziga, PKKning Suriya tarmog’i PYD/YPG bilan yuritilgan kurashdan Suriyaning kelajagiga tegishli muzokaralarda so’z egasi bo’lish qadar keng bir salohiyatga ega bo’lishi katta ahamiyat kasb etmoqda. 

SETA(Siyosat, iqtisodiy va jamiyat tadqiqotlari jamg’armasi) Tadqiqotchi Yozuvchi Jan Ajuning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #AQSh , #Rossiya , #To'qnashuv

Aloqador xabarlar