Qatar Amiri al-Soniy yana bir bor Turkiyani qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi

Qatar Amiri al-Soniy, ijtimoiy media orqali Turkiyani qo’llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

1033559
Qatar Amiri al-Soniy yana bir bor Turkiyani qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy ummatning muammolari va Qatarning yonida bo’lgan Turkiyaning va turk birodarlarining yonida bo’lishlikni davom ettirajaklarini ma’lum qildi. 

Qatar Amiri al-Soniy, ijtimoiy media orqali Turkiyani qo’llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

Al-Soniy bu borada, “Ummatning muammolari va Qatarning yonida bo’lgan Turkiyaning va u yerdagi turk birodarlarimizning yonidamiz. Kecha Prezident Erdo'g’an bilan Anqarada amalga oshirgan uchrashuv doirasida samarali, kuchli va mustahkam iqtisodiyotga ega bo’lgan bu mamlakatda 15 milliard dollarlik investitsiya loyihalari paketini e’lon qildik” dedi.

Al-Soniyning Twitterdagi yozuvini Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham o’z hisoblarida, kuzatuvchilari bilan baham ko’rishdi.    

Aytib o’tish joizki Prezident Erdo'g’an bilan al-Soniy kecha poytaxt Anqarada Prezidentlik qarorgohida uchrashuv o’tkazgan edi. Mazkur uchrashuvda Qatarning Turkiyaga tez kunlarda 15 milliard dollarlik investitsiya kiritajagi ma’lum qilingan edi.



Aloqador xabarlar