Mudofaa sanoati milliy loyihalar 3- qism

Terror bilan kurashda xudkushlik qilish harakat qobiliyatiga ega bo’lgan dronelarni  Turkiya,  AQShdan sotib  olmoqchi bo’lib murojaat qildi  faqat AQSh  sotishni qabul qilmadi .

1024371
Mudofaa sanoati milliy loyihalar 3- qism

Terror bilan kurashda xudkushlik qilish harakat qobiliyatiga ega bo’lgan dronelarni  Turkiya,  AQShdan sotib  olmoqchi bo’lib murojaat qildi  faqat AQSh  sotishni qabul qilmadi . Turkiya bugun dastlabki milliy Kamikaze uchuvchisiz  havo vositalari Alpagu bilan Kargu va nazorat maqsadi bilan To’ganni ishlab chiqarishga  boshladi.

Turk harbiy-kasaba uyushmasi  mudiri Tarkan Zenginning mavzuga doir va fikr mulohazalarini  e’tiboringiz havola qilamiz ...

Turkiya oxirgi yillarda mudofaa sektorida ishlab chiqargan yangi milliy mahsulotlar bilan o’ziga  diqqat  qaratmoqda. Kino sektorida havodan tasvirga tushiradigan kamerani tashuvchi “ Dronelar” endi ko’plab sohada foydalanilmoqda. Bu doirada terror bilan kurashda juda muhim dronelar yoki uchuvchisiz havo vositalari mahalliy imkoniyatlar bilan  ishlab chiqarilmoqda .Terrorga qarshi kurashda xudkushlik hujumlar  qila oladigan Dronelarni  Turkiya, AQShdan sotib  olmoqchi bo’ldi faqat  ular sotishga rozi bo’lmadi. AQSh, terror bilan kurashda ta’sirli  bo’lgan ushbu mahsulotlarni  strategik  sherigi bo’lgan Turkiyaga  sotmasligi hayrat beruvchi   bir  holat edi. O’lkamiz bu vaziyatdan foydalanib mahalliy dronelarni ishlab chiqarib foydalanishga  boshladi.Turkiya milliy mahsulotini, o’z insoni manbasi bilan mahalliy imkoniyatlar  darajasida  sur’at bilan ishlab chiqarishga boshladi.Hatto  bu mahsulotlarni sotib olish uchun o’lkalardan  ham  buyurtmalar kela boshlashishi esa Turkiyaning bu mavzudagi muvaffaqiyatining  muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Turkiya, dunyoda bunga o’xshash “ Kamikaze uchuvchisiz havo vositalari”  ishlab chiqaradigan 3 o’lkadan biri vaziyatiga keldi.Turkiya, uchuvchisiz  havo vositalari texnologiyasida muhim bir saviyaga keldi.Turkiyaning ko’k yuzidagi yangi askarlari sifatida baholagan “ Kamikaze qurolli uchuvchisiz havo vositalari” sur’at bilan ishlab chiqarishga boshlandi va xavfsizlik kuchlari tomonidan foydalanishga boshlagandir. STM tomonidan milliy qurol sifatida rivojlantirilgan va ishlab chiqarilgan uch uchuvchisiz havo vositadan bahs etaylik.  Bular, AlPAGU( Avtonom Taktika uruvchi barqaror qanotli)  KAGU( Avtonom aylanadigan  qanotli uruvchi) va TOGAN( Avtonom  aylanadigan qanotli kashf tizimi)dir.STM ( Mudofaa texnologiyalari muhandislik va savdo A.Sh),Turk qurolli kuchlari (TSK) va Mudofaa sanoat maslahatchiligiga (SSM) tizimi muhandisligi  Turk qurolli kuchlari (TSK) va Mudofaa sanoat maslahatchiligi (SSM) tizim muhandisligi, texnik himoya va  loyiha metodi, texnologkik  transferi  kabi vazifalarini bajo keltirish maqsadi bilan mudofaa sanoat ijro komiteti qarori bilan tashkil topgan bir tashkilotdir.Turkiyaning dastlabki Kamikaze va nazorat IHVlari 2017- yili noyabr oyidan e’tiboran maxsus kuchlar qo’mondonligiga va dengiz kuchlari qo‘mondonligiga taslim etila boshlagan edi. Milliy kamikaze uchuvchisiz havo vositasi, KARGU, Afrindagi Zaytun  novdasi harakatida  qo’llangan. O’zidan qochgan 5 nafarlik terrorist guruhni ta’qib etgan KARGU, PKKliklarga eng ko’p yaqinlashgan nuqtada portlab  mo’ljal guruhni yo’q qilgan edi. KARGU saviyasida maxsus kuchlar xodimi, terroristlarni 5 kilometr uzoqdan yo’q qildi. Afrindan keyin hozir Kandildagi terroristlarning dahshatli  balosi holiga keldi.

ALPAGU ( Avtonom taktika uruvchi barqaror qanoti IHA)

Milliy dronelar bugunki kungacha asimetrik urush va terror bilan kurash operatsiyasida eng kuchli urish vositalaridan hisoblanadi. ALPAGUning ma’nosi “ faqat o’zi dushmanga hujum qilgan yigit”  ma’nosidadir. Bir nafar askar tomonidan olib boriladigan vosita, mo’ljalni yo’q qilish vazifasini ijro eta oladi.

Ishlab chiqaruvchi bo’lgan STMga ko’ra ba’zi texnik xusuiyat shunlar: Kashf  kuzatish va kichik o’lchamli tahdidlarni yo’q qilish  qobiliyati bo’lgan barqaror qanotli milliy uruvchi uchuvchisiz  havo vositadir. Alpagu o'zining aniq va real vaqtda tasvirni qayta ishlash va chuqur o'rganish algoritmlari bilan qattiq yoki harakatlanadigan maqsadlarga nisbatan samarali ishlatilishi mumkin.

KARGU (Avtonom aylanadigan qanotli uruvchi IHA)

Karguning ma’nosi “tog’ boshidagi kuzatish minorasi” yoki “ Lochin”  demoqdir.

Aylanadigan qanotli”  Kamikaze qurol drone” sifatida ham atalmoqda. Ishlab chiqaruvchi bo’lgan STMga ko’ra, karguning ba’zi texnik xususiyatlari shunday:

Kargu, avtonom yoki uzoqdan boshqarish bilan ishlaydi, aylanadigan qanotli milliy  uruvchi IHAdir.

 Tizim, “Uruvchi aylanadigan qanotli IHA ( VİHA)” va “ yerdan boshqarish  bo’limidan ” tashkil topmoqda. Kargu, kunduz va kecha faol operatsiya qobiliyatiga egadir.

Farqli  o’q- dori alternativalari bilan harakat  mo’ljallariga bog’lanish imkoniyati bordir. O’zini yo’q qilishi qobiliyati bilan bir qatorda  balandlikda  o’zini yo’q etishi qobiliyatiga ega .

TOGON( Avtomon aylanadigan qanotli kashf IHA Tizim)

Togan, nomi “kuchli ko’zlari bilan sifatli nazorat qobiliyati, kucchli qanotlari bilan havoda doira chizish  salohiyat va kuch kabi xususiyati  “ bo’lgan “ burgutdan  olmoqda, ishlab chiqaruvchi bo’lgan STMga ko’ra, Toganning ba’zi texnik xusisiyatlari shunday: umumiy maqsadli kashf va kuzatish vazifalaridan  foydalanish uchun  loyihlashtirilgan.  O’zgacha vazifa rejalash dasturi, avtonom zako va harakat qobiliyatlariga egadir.

Togan avtonom yoki uzoqdan boshqarish bilan bir qatorda bir  xodim tomonida tashiladigan va qo’llaniladigan ko’p  rotorli aylanadigan qanotli IHAdan tashkil topmoqdadir.

Ushbu  milliy IHAlarimiz terroristlarga qochish fursati bermaydi. Terroristlarni eng tor  teshiklarga  kirib inlarida yo’q qilish xususiyatiga ega. Alpagu  va kargu 1 daqiqadan qisqa bir muddatda tayyor holga kelib o’q uzadi. Ustidagi antipersonel o’q- dorini tashib, nishonga qarab harakat qilib soatda 120-140 kilometr orasida tezlikda mo’ljalga erishadi. Ustidagi o’q bilan 20 metr kvadratdagi barcha mo’ljallarni yo’q qiladi. Turkiya, ishlab chiqargan bu milliy mahsulotlar bilan kurashgan barcha obyektlarni yo’q qiladi. Turkiya, ishlab chiqargan milliy  mahsulotlari bilan terror tashkilotlarini larzaga solishga davom etmoqda. 

Turk harbiy-kasaba uyushmasi  mudiri Tarkan Zenginning mavzuga  dori  fikr  va mulohazalarini e’tiboringiz havola qildik ...


Tanlangan kalimalar: #Savunmada , #milliy , #loyihalar , #TOGAN

Aloqador xabarlar