Turkiya tashqi siyosatiga nazar 31-qism

Dasturimizning bugungi sonida amerikalik rohib Andrev Brunsonning Turkiyada qo’lga olinishi va buning sabablari hamda bu jarayonning Turkiya-AQSh munosabatlariga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 31-qism

             

Amerikalik rohib Andrev Brunson Turkiyada qo’lga olinishi bilan prezident Donald Tramp va o’rinbosari Mayk Pens Turkiyani tahdid qildi. Bu esa, Turkiya-Amerika munosabatlarida yana sovuqlik paydo qildi.

Dasturimizning bugungi sonida amerikalik rohib Andrev Brunsonning Turkiyada qo’lga olinishi va buning sabablari hamda bu jarayonning Turkiya-AQSh munosabatlariga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

Amerikalik rohib Andrev Brunson Turkiya davlatini to’ntarishga uringan Fathulloh Gulen harakati va terror tashkiloti PKKga yollanib, ularga josuslik qilganlikda ayblanib, Turkiyada qo’lga olingan. Brunson ishi bo’yicha 2016 yildan buyon sud ishi davom etmoqda.

O’tgan kunlarda Brunson sog’ligidagi muammolar sababli uy qamog’iga olindi. Bu jarayonda AQSh vakillari Turkiyani tahdid qila boshladi.

Dastlab, prezident o’rinbosari Mayk Pens, so’ngra prezident Donald Tramp Turkiyani tahdid qildi. Ular agar Brunson qo’yib yuborilmagan taqdirda, Turkiyaga sanksiya berishini aytdilar.

Brunson Evangelist missioner bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, Brunson ishi siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, teo-politik poydevorga asoslangan. AQSh hukumati katta ovoz bergan evangelistlarning istaklari asosida siyosat olib boradi.

        Evangelistlar- xalq orasida “hristian siyonistlar” deb ham ataladi. Ular Mayk Pens va Oq uydagi safdoshlari vositasida AQSh hukumatida katta e’tibor va mavqega ega. Amerikada ularning soni 20 mlnga yaqin deb taxmin qilinadi. 100 mln kishiga ta’sir qiladigan kuchga ega bo’lgan siyonistlar o’tgan yillarda hududlarini kengaytirmoqchi bo’lgan Isroil uchun millionlab dollar mablag’ sarfladilar.

Rossiya, Efiopiya va boshqa bir qator mamlakatlardagi millionlab yahudiyning Isroilga ko’chib kelishiga yordam berdilar. Ishg’ol ostidagi Falastin hududlarida turar-joy barpo etish va ko’chmanchilarni u yerga joylashtirish uchun millionlab dollar mablag’ sarfladilar.

O’tgan yili Dan Hummelning “Vashington Post”ga bergan intervyusi o’zgacha ma’no kasb etadi. Uning so’zlariga ko’ra, “Mayk Pensning uslubi Oq uyning AQSh-Isroil aloqalariga nisbatan munosabatini ifoda etar ekan, odatdagi uslubidan jiddiy farq qiladi”.

Mayk Pens siyonistlarning Tavrotda aytilgan bashoratlarga Trampni ko’ndirmoqchi bo’lgan yagona kishi emas. Tramp hukumati ustida katta ta’siri bo’lgan otashin siyonistlar bor.

Isroildagi radikal siyonistlar uchun nozik masala 1-va 2-yahudiy ibodatgohlariga oid qoldiqlarning musulmonlar uchun muqaddas bo’lgan Masjid Al-Aqsoning tagida joylashganligi haqidagi iddaodir.  Evangelistlar yangi ibodatgohning bu antik qoldiqlar ustiga qurilishiga ishonadi. Ular buning Tavrotdagi bashoratni ro’yobga chiqaradi deb o’ylaydi. Ular ibodatgoh qurilishi bilan Iso payg’ambar tiriladi degan bashoratga ishonadilar.

Evangelistlar AQSh Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilganda juda sevindilar. AQSh hukumatidan bu kabi bir qancha mavzuda talablari bor.

Ularning nazarida, Iso Masih tirilib kelib hamma narsani tuzatadi va dunyoning qiroli sifatida ming yil mobaynida mo’l-ko’lchilikda hukm suradi.

Qisqasi, Donald Tramp o’zi evangelist bo’lmasa ham ovoz to’plash umidida bu guruhni hursand qilishga harakat qilmoqda. Biroq, prezident o’rinbosari Mayk Pens juda ashaddiy evangelist bo’lib hisoblanadi. U rohib Brunsonni e’tiqodi tufayli hurmat qiladi. Tramp esa, umuman siyosiy sabablar bilan Brunsonni ozod qilishga harakat qilmoqda.

Bu jarayon 24 iyundan keyin Brusseldagi NATO sammitida Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan Tramp o’rtasidagi samimiy uchrashuvga mos emasligi barchaga ma’lum. Ma’lumotga ko’ra, prezident Tramp aslida prezident Erdo’g’an bilan yuzma-yuz uchrashib, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va o’rtadagi muammolarni ko’ndalang hal qilishni xohlaydi. Lekin, Tramp atrofida juda kuchli yangi muhofazakor guruh mavjud. Ular har bir fursatdan foydalanib, Trampning Erdo’g’an bilan aloqa o’rnatishiga to’sqinlik qilmoqda.

Aslida, Brunson hodisasi AQSh bilan Turkiya o’rtasidagi juda ko’p sohada mavjud bo’lgan inqirozni suv yuziga chiqardi desak mubolag’a bo’lmaydi. Turkiya bilan AQSh o’rtasida mavjud bo’lgan ishonch bo’xroni yana ham avj olishi ehtimoldan holi emas.  Bu jarayonda diqqat qaratuvchi yana bir jihat shuki, Tramp Janubiy Afrikada Rossiya va Xitoy davlat rahbarlari bilan uchrashuvi oldidan Turkiyani tahdid qilganligidir.

Bu jarayonda Turkiya va AQSh mavjud muammolarini hal qilish uchun yangi yo’l haritasini belgilashi qiyin emas. Zero, bu ilk inqiroz emas. Lekin, Tramp tahdid qilishni davom ettirsa, Turkiyada Amerikaga qarshi salbiy tuyg’ular yanada kuchayadi. Noyabrdagi saylovlargacha Tramp hukumati zimmasidagi bu guruh oldidagi mas’uliyatni bir maromda ushlab turishi zarur. Aks holda, AQSh mintaqadagi eng katta ittifoqdoshini qo’ldan boy berish xavfiga duch kelishi mumkin.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: Donald Tramp , AQSh , Andrev Brunson , Turkiya

Aloqador xabarlar