Chavusho’g’li, “Suriya muammosini hal qilishda Turkiya lokomotiv davlat hisoblanadi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriya muammosini hal qilishdagi Turkiyaning faoliyatiga e’tibor qaratdi.

995328
Chavusho’g’li, “Suriya muammosini hal qilishda Turkiya lokomotiv davlat hisoblanadi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Suriya masalasida olib borilgan barcha jarayonda hal qiluvchi rol o’ynagan muhim davlat ekanligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li xususiy telekanallardan birida shu haqida bayonot berdi.

Suriyadagi muammoning hal qilinishida Turkiyaning hal qiluvchi rol o’ynagan muhim davlat ekanligini ifoda etgan Chavusho’g’li,

“To’qnashuvlarning to’xtatilishi, ishonchni mustahkamlash va gumanitar yordamlar masalasida Turkiya lokomotiv davlat hisoblanadi. Bugungi kunda Suriya haqidagi butun masalada, qolaversa suriyaliklarning o’z yurtiga qaytishi masalasida ham Turkiya hal qiluvchi davlatdir” dedi.

Turkiyaning Suriyada muhim davlat ekanligini qayd etgan Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Manbijda Amerika Qo’shma Shtatlari bilan kelishib olingan, terroristlarga AQSh tomonidan berilgan qurollarning qaytarib olinishi va mintaqaning o’z egalariga topshirilishi kabi mavzularni o’z ichiga olgan yo’l xaritasining Suriyaning kelajagi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.   

Turk askarlarining Manbijda kashfiyot va patrullik xizmati qilayotganligini eslatgan Tashqi ishlar vaziri,

“PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijdan chiqadi va qurollar qaytarib olinadi. Mintaqa qutqarilganidan keyin o’z egalariga topshiriladi” dedi.

Chavusho’g’li, Rossiya va Eron bilan olib borilgan faoliyatlarning Suriyada rejim bilan muxolafat o’rtasidagi to’qnashuvlarni to’xtatib, tomonlar o’rtasidagi muammoni siyosiy yo’l orqali hal qilish uchun muzokara boshlatish niyatida ekanligini qayd etdi.

Undan tashqari Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari Federal tergov bo’limi FBI tomonidan qariyb 20 shtatda Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi tergov ishlari boshlatganligi haqida ma’lumot berilganligini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho’g’li amerikalik kasbdoshi Mike Pompeoning 4-iyundagi uchrashuvlarida bu haqida aytganligini eslatgan holda,

“(Pompeo) Asosan qariyb 20 shtatda Federal tergov bo’limining (FETOga qarshi) tergov ishlari boshlatganligi haqida elchimizga aytgan edi” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar