Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Xitoyga jo'nab ketmoqda

Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan ertaga Xitoyga jo'nab ketmoqda.

992486
Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Xitoyga jo'nab ketmoqda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ertaga amaliy tashrif bilan Xitoyda bo’ladi.

Mevlut Chavusho’g’li tashrifi doirasida eng avvalo Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o’rinbosari Wang Qishan ortidan esa, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Wang Yi bilan uchrashadi.

Ikki kun davom etadigan tashrifda Chavusho’g’li ishbilarmonlar bilan uchrashib, Turkiyadagi investitsiya imkonlari haqida ma’lumot oladi.

Shuningdek Tashqi ishlar vaziri xitoylik ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ham uchrashuv o’tkazib, jurnalistlar savoliga javob beradi.

 



Aloqador xabarlar