Kun tahlili 19-qism

Prezident Erdog’an shaxsi va partiyasining saylovoldi manifestini e’lon qilar ekan unda mamlakatning iqtisodiy, sog’likni saqlash va ichki siyosiy masalalarini qo’llab-quvvatlash mazmunidagi va’dalar e’tiborlarni alohida o'ziga qaratmoqda.

968351
Kun tahlili 19-qism

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an o’zining va Adolat va taraqqiyot partiyasining saylovoldi manifestini e’lon qildi. Mazkur manifestda Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Adolat va taraqqiyot partiyasining mamlakatning iqtisodiy, sog’likni saqlash va ichki siyosiy masalalarini qo’llab-quvvatlash mazmunidagi va’dalari e’tiborlarni alohida o’ziga qaratmoqda. Chunki saylov g’olibi Prezident Erdog’an bo’lgudek bo’lsa unda yuqorida nomi tilga olingan saylovoldi manifesti, 24-iyundagi saylovdan keyingi Turkiyaning tashqi siyosati va usullariga aniqlik kiritayotgandek desak mubolag’a bo’lmaydi.

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA tadqiqotchi, yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Bunga ko’ra saylovdan keyingi jarayonda Turkiyaning tashqi siyosatida terrorizmga qarshi kurash masalasi alohida o’ringa ega bo’ladi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan berilgan bayonotda terrorizmga qarshi kurash faqatgina Turkiya bilan cheklanib qolmay chet elda ham davom etishi qayd etilgan edi. Shu doirada turk askarlari eng avvalo “Firat qalqoni” amaliyoti doirasida Erkin Suriya armiyasi bilan birgalikda DEASh terror tashkilotini Turkiya chegaralaridan yo’q qildi. Ortidan “Zaytun novdasi” amaliyoti bilan Afrin tumanini PKK/ YPG terror tashkilotidan qutqardi. Ayniqsa “Firat qalqoni” amaliyoti Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi yangi yo’l xaritasining qanchalik to’g’ri ekanligini, Turkiyadagi DEASh hujumlariga uzoq vaqtdan beri yo’l qoyilmayotganligi bilan yaqqol ko’rsatib turipdi. Yani bugungi kunda Turkiyada terrorizmga qarshi kurash olib borgan xavfsizlik kuchlari va razvedka tashkilotlari, yuz berish ehtimoli bo’lgan terror hujumlarinining oldini olgan vaziyatda.

Shu bilan birga “Zaytun novdasi” amaliyoti yordamida PKK/ YPG terror tashkilotining Amanos tog’lari orqali Turkiyaning Hatay viloyatiga sizib kirishi muammolarining oldi olingan vaziyatda. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan e’lon qilingan saylovoldi manifestiga ko’ra, 24-iyundan keyin, chet elda terrorizmga qarshi kurashning yangi bosqichining davom etishi kutilmoqda. Bugungi kunda PKK terror tashkilotiga qarshi Iroqda davom etgan harbiy amaliyotlarning, kelasi jarayonda ham ortgan ravishda davom etishi ko’zda tutilmoqda. Undan tashqari terrorizmga qarshi kurash doirasida Suriyaning shimolida YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi yangi harbiy harakatlarning olib borilishi ham Turkiyaning rejalari orasida o’z o’rnini olgan.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan e’lon qilingan saylov manifestiga ko’ra Turkiya hech kimning mo’minligini qabul qilmaganidek hech kimga mo’minlik ham qilmaganligi ta’kidlanmoqdadir. Turkiyaning bu jihati bir necha g’arb davlatiga yoqmasa ham butun dunyoda va mintaqada o’zining milliy manfaatlarini kuzatgan Turkiyaning mustaqil tashqi siyosati davom etadi. Ayniqsa Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Turkiyaga global aktyor sifatida qarashi Turkiyaning bu boradagi maqsad va rejalarini ochiq-oydin o’rtaga qo’ymoqda. Lekin Turkiya hech kimning mo’minligini qabul qilmaganidek, hech kimga ham mo’minlik qilmayapdi. Turkiyaning bosib o’lishga emas yordam berishga tayangan Afrika siyosati buning eng yirik o’rnaklaridan biridir. Turkiya dunyo bo’yicha yalpi ichki mahsulotga ko’ra eng ko’p gumanitar yordam ashyosi yetkazib bergan davlat hisoblanadi va bu Turkiyaning insonparvarlik jihatidagi tashqi siyosatining dalilidir.

Turkiyaning kuchli tashqi siyosatining barqaror bo'lishi va rivojlanishi uchun Turkiyaning qaramliligining kamaytirilishi va strategik ahamiyatini orttirishi kerak. Bu borada Turkiyaning mudofaa sanoati katta ahamiyat kasb etadi. Chunki Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan e’lon qilingan manifestga ko’ra mudofaa sanoati muhim o’ringa egadir. Turkiya 2011-yildan beri mudofaa sanoati eksportini 90 foizga orttirib, dunyoda eng ko’p qurol eksport qilgan davlatlar ro’yhatida 18-o’ringa ko’tarildi.

Turkiya ayni vaqtda mudofaa sanoatidagi tashqariga bo’lgan qaramliligini 80 foizdan 30 foizga tushirdi. Turkiyaning kelajak jarayonlarda mudofaa sanoatidagi o’sishining ortgan ravishda davom etishi kutilmoqda. Ayniqsa haydovchisiz havo vositalari masalasida Turkiya dunyo miqyosida katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. Turkiya dunyoda o’zining qurolli haydovchisiz havo vositasini ishlab chiqara olgan davlatlardan biridir. Shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning “haydovchisiz tank ishlab chiqaramiz” degan so’zlari, Turkiyaning muhim texnologik fikr yaratgan va yangilik olib kelgan aktyor ekanligini ko’rsatmoqdadir.

Turkiyaning mudofaa sanoati tarmog’ida rivojlanishi, mamlakatning tashqi siyosatdagi kuchiga-kuch qo’shmoqdadir. Do’st va ittifoq davlatlar uchun qurol xarid qilib olish masalasida bir alternativga aylangan Turkiya, xalqaro bozorda o’z o’rnini topdi. Turkiya Afrika davlatlari, Ko’rfaz mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Malayziyaga zirxli vosita eksport qilgan bir davlatdir. Turkiyaning Pokistonga ATAK vertolyot va kema sotishi bilan birga Qatarga “Bayraktar TB2” rusumidagi qurolli haydovchisiz vosita sotishi, Turkiya iqtisodiyotini rivojlantirmoqdadir. ARGE tadqiqotlariga yana-da katta ahamiyat berishlik, Turkiyaning tashqi siyosatidagi kuchini orttirmoqda.

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA, tadqiqotchi, yozuvchi Can Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar