Turkiyaning “Kanal Istanbul” loyihasida Janubiy Koreya ham o’rin olishi mumkin

Hozirda amaliy tashrif bilan Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo’lgan Prezident Erdog’an u yerda, “Kanal Istanbul” loyihasi haqida bayonot berdi.

962428
Turkiyaning “Kanal Istanbul” loyihasida Janubiy Koreya ham o’rin olishi mumkin

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an “Kanal Istanbul” loyihasida Janubiy Koreyaning o’rin olishidan xursand bo’lajagini qayd etdi.

Hozirda amaliy tashrif bilan Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo’lgan Prezident Erdog’an u yerda, Istanbulda yo’lga qo’yiladigan va Qora dengizni O’rta yer dengiziga bog’lashni ko’zda tutgan “Kanal Istanbul” loyihasi haqida bayonot berdi.

Matbuotga ochiq ravishda so’zlagan nutqida Turkiya Respublikasining e’lon qilinishining 100-yilligi sanasi yani 2023-yilgacha amalga oshirishni maqsad qilgan yirik dasturda o’rin olgan  “Kanal Istanbul” loyihasida Janubiy Koreya firmalarining ishtirok etishiga to’xtalgan Erdog’an,  

“Bu loyihada ayniqsa Koreyaning ham o’rin olishi bizni alohida xursand qiladi” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an o’z nutqida, 2016-yilning 15-iyuli kuni tontarish tashabbusiga qo’l urgan Fetullahchi terror tashkiloti FETO a’zolarining chet eldagi faoliyatlariga ham to’xtaldi.

Erdog’an bu borada,

“FETO terror tashkiloti a’zolarining Janubiy Koreyadagi faoliyatlarining to’xtatilishini xohlaymiz” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar