Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi otishmalarda 1 askar halok bo'ldi

Kecha Turkiya vaqti bilan soat 17:38da terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot jarayonida bir guruh terrorist bilan turk askarlar o'rtasida otishma ro'y berdi.

958940
Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi otishmalarda 1 askar halok bo'ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Lije tumanida terror tashkiloti PKK tomonidan sodir qilingan hujumda 1 askar halok bo'ldi.

Viloyat hokimligi bu haqda ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, kecha Turkiya vaqti bilan soat 17:38da terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot jarayonida bir guruh terrorist bilan turk askarlar o'rtasida otishma ro'y berdi.

Otishmalarda 1 askar halok bo'ldi, 4 askar yaralandi.

Yarador askarlar vertolyot vositasida shifoxonaga olib ketildi.

"Bizlarni chuqur iztirobga solgan bu voqeada halok bo'lgan qahramon askarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Askarimizning motamsaro oilasiga, yaqinlariga, safdoshlariga va ulug' turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz",-deyiladi viloyat hokimligi bayonotida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Diyarbakir , #otishma , #askar

Aloqador xabarlar