23- Aprel Bolalar bayrami munosabati bilan davlat arboblari tabrikladi...

23- Aprel Milliy Mustaqillik Bayrami bilan Turkiya Oliy Millat Majlisining ochilishining 98. yilligi tufayli davlat arboblari tabrik bildirdi.

956901
23- Aprel Bolalar bayrami munosabati bilan davlat arboblari tabrikladi...

23- Aprel Milliy Mustaqillik Bayrami bilan Turkiya Oliy Millat Majlisining (TOMM) ochilishining 98. yilligi tufayli davlat arboblari tabrik bildirdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an, bayonotida, 23- Aprelni Aziz Turk millatining qayta tirilishi va oyoqqa turishining ramzi bo'lganini bildirdi.

Erdo'g'an, TOMMning o'z faoliyatlarini 98 yildan beri ilk kungi jayajon bilan davom ettirganini ifoda etdi.

24- Iyul saylovlariga ham to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, "O'lkamizda barqarorlik va xavfsizlikni kuchaytrisih uchun yangi bir davr boshlanadi" dedi.

Majlis rahbari Ismail Kahraman bergan bayonotida, "Oliy Millat Majlisi, to'liq mustaqillikdan boshqa bir taklifni qabul qilmaslini e'lon qilib istiqlol kurashini boshlatgan va Majlisimizning ilk rahbari Mustafo Kamol boshchilik qilgan milliy kurashda zafar qozongan" deb so'zladi.

Bosh vazir Binali Yildirim esa bayonotida, "Hukumronlik qat'iylik bilan millatga oid" tushunchasi bilan vujud topgan TOMM ochilishi bilan Turkiya tarixida yangi bir yarajon boshlanganini bildirdi.

Yildirim, "Farzandlarimizga tinchlik, huzur va qardoshlik rishtalari bo'lgan bir dunyo yaratish asosiy vazifamizdir" deb ifoda etdi.

Jumhuriyat Xalq Partiyasi Bosh rahbari Kemal Kilichdarog'lu ham bayonotida "23- Aprel Milliy Mustaqillik va bolalar bayrami, Demokratiyaning taraqiyoti, adolatni o'rnatish, huquq davlatini kuchaytirish, o'lkamizda tinchlik va barqarorikning ta'minotidir" deb bolalarni bayram bilan tabrikladi.



Aloqador xabarlar