Ismail Metin Temel:“Afrin xalqi bizning qardoshimizdir"

Turkiya qurolli kuchlari 2-qo’shin qo’mondoni general-polkovnik Ismail Metin Temel terroristlardan ozod qilingan Afrinda vaziyatni ko'zdan kechirdi.

934275
Ismail Metin Temel:“Afrin xalqi bizning qardoshimizdir"

Turkiya qurolli kuchlari 2-qo’shin qo’mondoni general-polkovnik Ismail Metin Temel terroristlardan ozod qilingan Afrinda turk askarlari bilan uchrashdi.

General-polkovnik Ismail Metin Temel Afrin tuman markazida Turkiya qurolli kuchlari shtabida tekshiruv o’tkazdi va ularga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Ismail Metin Temel Afrinda bosh vazirlik tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan tinch aholiga gumanitar yordamlarni tarqatish jarayoniga guvoh bo’ldi.

U Afrin aholisi bilan suhbatlashar ekan, ularga do’stona tilaklarini bildirdi.

“Afrin xalqi bizga qardoshdir. Turk, kurd, arab, turkman va millati nima bo’lishidan qat’iy nazar, bu zaminda yashagan barcha bizning do’stimiz va qardoshimizdir”,-dedi Ismail Metin Temel ular bilan suhbat chog'ida.

Turkiya qurolli kuchlari bilan bosh vazirlik tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) hamkorlikda Afrinda terroristlardan qutqarilgan 35 qishloqqa gumanitar yordam tarqatdi.



Aloqador xabarlar