Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi Afrinni terroristlardan qutqardi

Tuman markaziga kirib borgan Suriya ozodlik armiyasi 9 mahalladan tashkil topgan Afrinda sukunatni ta’minlashga harakat qilmoqda.

932182
Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi Afrinni terroristlardan qutqardi

 

Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi Afrin tumani markazida nazoratni butkul qo’lga oldi.

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida har tomondan o’rab olingan Afrin tumani jangarilardan tozalandi.

Bugun erta tongda Suriya ozodlik armiyasi Afrinni janub tomondan egallay boshladi.

Suriyaning Afrin tumani terror tashkiloti PKK va YPGdan qutqarilar ekan, Suriya ozodlik armiyasi tuman markazida nazoratni ta’minlamoqda.

Tuman markazida vaqti-vaqti bilan qurol va portlash ovozlari eshitilmoqda.

Qolaversa, Turkiya harbiy samolyotlari Afrin samolaridan tumandagi vaziyatni kuzatib bordi.

Tuman markaziga kirib borgan Suriya ozodlik armiyasi 9 mahalladan tashkil topgan Afrinda sukunatni ta’minlashga harakat qilmoqda.

Bu jarayonda qo’lga tushirilgan jangarilar qamoqqa olindi, tuman markaziga osilgan afishalar va terror tashkilotiga da’vat qiluvchi yozuvlar yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar