Erdo’g’an Chanoqqal’a g’alabasining 103 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so'zga chiqdi

“Tarixda Chanoqqal’ada qanday doston yozilgan bo’lsa, xozirda chegaralarimizda ham xuddi shunday doston yozilmoqda. Afrinni terroristlardan butkul ozod qildik. Bu kurashda bizga ilhom manbai bo’lgan Chanoqqal’a g’alabasidir...",-dedi Turkiya prezidenti.

932203
Erdo’g’an Chanoqqal’a g’alabasining 103 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so'zga chiqdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Chanoqqal’ada 18 mart shahidlarni xotirlash kuni va Chanoqqal’a g’alabasining 103 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqdi.

Erdo’g’an turk xalqi tarixda Chanoqqal’ada dushman kuchlariga qarshi qahramonlarcha kurash olib borgan bo’lsa, bugungi kunda ham chegaralarimiz xavfsizligiga rahna solayotgan terror unsurlariga qarshi ayni shaklda mardonavor kurash olib borayotganligini tilga oldi.

Jumladan, Turkiya qurolli kuchlarining Suriyada olib borayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida bugun erta tongda Afrin terroristlardan ozod qilinganligini va u yerning nazorati qo’lga olinganligini ma’lum qildi.

Endilikda, Afrinda terror tashkilotining bayrog’i emas, balki tinchlik va xavfsizlikning ramzi hilpirab turishini tilga olgan Erdo’g’an: “Xozirda u yerda turk bayrog’i hilpiramoqda. Suriya ozodlik armiyasining bayrog’i hilpiramoqda. Suriyada xizmat qilgan qahramon turk askariga shukronalar aytaman. Suriya ozodlik armiyasiga ham shaxsan o’zim va xalqim nomidan tasannolar aytaman”,-dedi.

Turkiya qurolli kuchlari Afrinda terror izini ildizidan qirar ekan, u yerni inson yashaydigan jannatmakonga aylantirishini tilga olgan Erdo’g’an: “Haligacha Turkiyada va boshqa mamlakatlarda yashab kelayotgan Suriya xalqini tezda o’z vataniga qaytarish uchun barcha zarur faoliyatlarni amalga oshiramiz”,-dedi.

“Tarixda Chanoqqal’ada qanday doston yozilgan bo’lsa, xozirda chegaralarimizda ham xuddi shunday doston yozilmoqda. 58 kundan beri davom etayotgan harbiy amaliyotlarda Afrinni terroristlardan butkul ozod qildik. Bu kurashda bizga ilhom manbai bo’lgan Chanoqqal’a g’alabasidir. Tarixda zirhli harbiy vositalari bilan dunyoning har tomonidan to’plab kelgan dushman askarlarini Chanoqqal’ada qanday tor-mor qilgan bo’lsak, bugun ham chegaralarimiz atrofida terror liniyasi tashkil qilgan dushmanlarimizni xuddi shunday tor-mor qildik”,-dedi Turkiya prezidenti.

 

 

 



Aloqador xabarlar