Bugun, 12-mart Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun Turkiyada, yurt bo’ylab Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun nishonlanmoqda.

927734
Bugun, 12-mart Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun Turkiyada, yurt bo’ylab Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun nishonlanmoqda. Turkiya Respublikasining Davlat madhiyasi ayni vaqtda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ham milliy madhiyasi, milliy marshidir. Mazkur Davlat madhiyasi o’z davrida Turkiya o’z mustaqilligi, o’z erkinligi uchun kurash olib borar ekan Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan uyushtirilgan musobaqa doirasida, bundan roppa-rosa 97 yil muqaddam yani, 1921-yilning 12-marti kuni milliy shoir Mehmet Akif Ersoy tomonidan qalamga olingan. Shoir Mehmet Akif Ersoy aytganidek, “Ollox bu millatni yana bir bor milliy marsh satlarini qalamga olishga majbur qilmasin”. Dunyoda ham, Turkiyada ham tinchlik va totuvlik bo’lsin. Turk millatining erkinlik ramzlaridan biri bo’lgan ushbu marshning qabul qilingan kuni kutlug’ bo’lsin azizlar.  

 

 

 



Aloqador xabarlar