“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1931 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 1 931 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

917232
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1931 terrorist yo’q qilindi

Turq Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 1931 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 58 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan terroristlar sonining 1931 nafarga yetganligi va terror mavzelarini quriqlikdan va havodan vayron qilish faoliyatlarining davom etayotganligi ham ilova etildi.

Aytib o’tish joizki TQK bilan ESA Afrinning janubi-g’arb mintaqasidagi Jinderes shaharchasiga qarashli Abu Kabe va Hojilar qishlog’i bilan Afrinning g’arbidagi Dunbeli qishlog’ini YPG/PKK-DEASh terror tashkilotidan qutqardi.

TQK amaliyotini qo’llab-quvvatlagan ESA, “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri YPG/ PKK-DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Afrinning 5 shaharchasida 1 ta shaharcha markazi, 76 ta qishloq, 6 ta mahalla va 20 ta strategik tog’ yoki tepalik, 1 ta YPG/ PKK terror tashkilotiga oid baza bo’lish bilan birga roppa-rosa 104 ta nuqtani tashkilotdan qutqargan bo’ldi. 

“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid uchoqlar tomonidan 782 terror tashkiloti obyekti yo’q qilindi.

Shu bilan birga Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan yurt bo’ylab joriy yilning 17-fevralidan 23-fevraligacha terrorizmga qarshi uyushtirilgan amaliyotlar natijasida 28 terrorist yo’q qilindi. 

Turkiyaning Shirnak viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda 3 terrorist yo’q qilindi.

Amaliyotda ko’plab qurol-yaroq va o’q-dori ham qo’lga kiritildi.

Mintaqada terror tashkilotiga qaratilgan amaliyot davom etmoqda.



Aloqador xabarlar