Turkiya AQShga yana bir imkoniyat berdi

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiyning taklifiga binoan poytaxt Ammanda bo’lib qaytgan Mevlut Chavusho’g’li Ammandagi Turk elchixonasida Turk fuqarolari bilan uchrashdi.

913392
Turkiya AQShga yana bir imkoniyat berdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Amerika hukumatiga yana bir imkoniyat berganligini belgilab o’tgan holda,

“Amerika Qo’shma Shtatlari bu imkoniyatni yaxshi foydalanishi kerak” dedi.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiyning taklifiga binoan poytaxt Ammanda bo’lib qaytgan Mevlut Chavusho’g’li Ammandagi Turk elchixonasida Turk fuqarolari bilan uchrashdi.

Chavusho’g’li bugungi kunda Turkiyaga chet eldan turib xavf tug’dirgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining kelajakda, yana-da yirik xavf tashkil etish salohiyatiga ega ekanligini eslatgan holda, Suriyaning Afrin mintaqasidagi “Zaytun novdasi” amaliyotining shu sababdan boshlatilganligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li,

“Niyatimiz Suriya tuproqlarini bosib olish, Suriyaning hududiy yaxlitligini buzish emasdir. Biz Suriyaning hududiy yaxlitligini hammadan ko’proq qo’llab-quvvatlamoqdamiz. Bizning yashirin o’yinlarimiz yo’q. Hammasi ochiq-oydin o’rtada” degan ifodalarga o’rin berdi.  

O’z so’zida o’tgan hafta AQSh Davlat kotibi Rex Tillerson bilan poytaxt Anqarada bo’lib o’tgan uchrashuviga ham to’xtalgan Chavusho’g’li, Turkiyaning AQShdan bundan buyon va’da berishini emas, konkret faoliyatlar olib borishini talab qilayotganligini ta’kidladi.

Mevlut Chavusho’g’li Tillerson bilan bo’lgan uchrashuvi haqida,

“Biz kelishib oldik. Bu doirada AQShga yana bir imkoniyat berdik. AQSh bu imkoniyatni yaxshilab foydalanishi kerak. Bizning qarorimiz qat’iy. Biz Manbij uchun ham, Firatning sharqi uchun ham qarorlimiz. Yurtimizda va chet elda kimda kim bizga xavf tashkil etsa hech qachon ikkilanmadik, bundan buyon ham ikkilanmaymiz” deya gapirdi.  

Kelgusi oyning boshidan e’tiboran Turkiya va AQSh vakillari o’rtasida hozirgi muammolarni muhokama qila boshlanishini eslatgan Mevlut Chavusho’g’li  

“Biz aytmasak ham bu vaziyat bizning o’zaro munosabatimiz jihatidan oxirgi imkon edi. Bu munosabatlarni yo yo’lga qoyishimiz yoki buzilishi kerak edi. Chunki biz bizga, insonlarimizga, harbiylarimizga, politsiyalarimizga, xavfsizlik kuchlarimizga, tinch aholimizga hujum qilgan terror tashkilotini qo’llab-quvvatlagan ittifoqni ko’rishni xohlamaymiz. Bu bizning eng tabiiy haqqimiz. Xalqimizning fikri ham huddi shunday” dedi.

 



Aloqador xabarlar