Prezident Erdog’an Qatar Amiri al-Soniy bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot bo’yicha diplomatik uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

896629
Prezident Erdog’an Qatar Amiri al-Soniy bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanidagi terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terror zulmidan qutqarish maqsadida boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot bo’yicha diplomatik uchrashuvlarini davom ettirmoqda. Shu doirada Prezident Erdog’an eng oxiri Qatar Amiri Shayh Tamim bin Hamad al-Soniy bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra uchrashuvda, Suriyadagi oxirgi vaziyatlar va Turkiyaning Afrinda, terror tashkilotlariga qarshi boshlatgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot haqida fikr almashdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning xavfsizligi jihatidan voz kechilmaz holga aylangan amaliyotning Suriyaning siyosiy birligi, hududiy yaxlitligi, mintaqaning huzuri va tinchligi jihatidan katta ahamiyat kasb etganligiga e’tibor qaratdi.

Prezident Erdog’an “Zaytun novdasi” amaliyotida, insoniy masalalarga ham ahamiyat berilganligi tufayli, mintaqadagi tinch aholining ziyon ko’rmasligi uchun har qanday tadbirning olinganligini belgilab o’tdi.

Qatar Amiri Shayh Tamim ham, qatarliklar sifatida terror tashkilotlariga qarshi kurash borasida Turkiyaning yonida ekanliklarini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an bilan Qatar Amiri Shayh Tamim shu fursatdan foydalanib, o’zaro munosabatlarni har sohada mustahkamlash haqidagi qarorliliklarini takror tasdiqlab oldilar.

 



Aloqador xabarlar