NATO bosh kotibi o’rinbosari Rose Gottemoeller Turkiyaga tashrif buyuradi

Ma’lumki, kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya  yig’ilishida NATO haqida kinoyali so’zlarni tilga olgandi.

890173
NATO bosh kotibi o’rinbosari Rose Gottemoeller Turkiyaga tashrif buyuradi

NATO bosh kotibi o’rinbosari Rose Gottemoeller keyingi hafta Turkiyaga tashrif buyuradi.

Ma’lumki, kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya  yig’ilishida NATO haqida kinoyali so’zlarni tilga olgandi.

Turkiyaning chegarasida ro’y berayotgan tahdidlarga nisbatan NATO loqaydligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Ey NATO, siz hamkorlaringizdan birontasining chegarasiga tahdid solganlarga qarshi chora ko’rishdan mas’ulsiz. Bugungacha bu masala bo’yicha nima qildingiz?”,-dedi.

Erdo’g’anning bu chaqiruvidan keyin NATO darhol izoh bera boshladi.

Jumladan, NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg kecha oqshom Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda Suriya shimolida AQSh sa’y-harakatlari bilan Turkiya chegarasiga yaqin hududda terror tashkiloti PKK va PYD jangarilari ishtirokida chegara qo’shini tuzilishiga doir masala muhokama qilindi.

Erdo’g’an muloqotda “Bunday chegara qo’shinining tuzilishiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi.

Ushbu tarang vaziyatda NATO bosh kotibi o’rinbosari Rose Gottemoeller keyingi hafta Turkiyaga tashrif buyuradi.

 

 



Aloqador xabarlar