Bugun Turkiya va AQSh harbiy bosh shtabi rahbarlari uchrashadi

Hulusi Akarning AQSh harbiy bosh shtabi rahbari general Joseph Dunford bilan amalga oshiradigan uchrashuvi katta maroq bilan kutilmoqda.

Bugun Turkiya va AQSh harbiy bosh shtabi rahbarlari uchrashadi

Turkiya Harbiy bosh shtabi rahbari general Hulusi Akar bugun AQSh Harbiy bosh shtabi rahbari general Joseph Dunford bilan uchrashadi.

Ma’lumki, Hulusi Akar shu kunlarda Belgiyaning poytaxti Brusselda.

U NATO harbiy komiteti harbiy bosh shtablari sammitida ishtirok etadi.

Hulusi Akarning sammit doirasida oliy martabali ba’zi vakillar bilan uchrashishi ko’zda tutilgan.

Bulardan eng ahamiyatlisi, Hulusi Akarning AQSh harbiy bosh shtabi rahbari general Joseph Dunford bilan amalga oshiradigan uchrashuvi.

Xozirda butun nigohlar mazkur uchrashuvga qaratilgan.

Ushbu uchrashuvda Suriyadagi jarayon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eslatma: AQSh terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG boshchiligida 30 ming askardan iborat bo’lgan chegara qo’shini tuzishi haqida bayonot bergandi.

Ushbu bayonotning ham muhokama qilinishi uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar