Binali Yildirim, Sulaymon Shoh xavfsizlik markazining faoliyatga o'tganini bildirdi

Binali Yildirim Suriya turoqlarida Sulaymon Shoh Saygi xavfsizlik markazining, eski joyida takror faoliyatga o'tganini izohladi.

866604
Binali Yildirim, Sulaymon Shoh xavfsizlik markazining faoliyatga o'tganini bildirdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriya turoqlarida bo'lgan va 2015 yili ko'chirilgan Sulaymon Shoh Saygi xavfsizlik markazining, eski joyida takror faoliyatga o'tganini izohladi.

Yildirim, Turkiya Oliy Millat Majlisi (BOMM) umumiy kengashida so'zlagan nutqida, ""Tarixiy haqlarimizni muhofaza etish mavzusida nozukmiz. Sulaymon Shoh Saygi xavfsizlik markazi Turkiyaning mulkidir, u yerda Turkiya bayrog'i osiladi. Xavfsizlik masalasi tufayli u yerni bo'shlatgan edik. Suriyada ishlar rayiga tushgandan keyin, Sulaymon Shoh xavfsizlik markazi qayta faoliyatga kirdi" dedi.

Suriyaning Munbich hududiga bog'li Karakozan qishlog'ida bo'lgan Sulaymon Shoh Saygili xavfsizlik markazi, 2015 yili, hududa avjlagan to'qnashuvlar tufayli, vaqtincha, Eshme qishloqig'a ko'chirilgan edi.

Bildirim, Suriyadagi masalalariga ham to'xtalib, o'tgan yil oxirida Halabda tuzilgan sulh bitimini o'lka bo'ylab tarqatish va Ostonada uch tomonli hamkorlik jarayoni boshlatilganini eslatdi.

Bosh vazir, Ostona qarorlarining ta'siri bilan hududda nizohning avjiga ko'tarilgani va siyosiy jarayonning kuchga kirganini bildirdi.

Bosh vazir Yildirim, yakuniy yechimda, terrorga aralashmagan barcha unsurlarning bo'lishini, tuproq yaxlitligi va siyosiy ittifoq negizida bir Suriya davlatini qayta qurishni istaganliklarini qayd etdi.

Iroqning huzuri, farovonligi va barqarorligining Turkiya uchun muhim bo'lganini ifoda etgan Yildirim Iroq Mintaqaviy Kurt boshqaruvining, Iroqga putur yetkazadigan noqonuniy referendum tashabbusiga qarshi Iroq hukumatini qo'llab-quvvatlaganliklarini eslatib, bu harakatlar doirasida Kurtlarni maqsad qilmaganini izohladi.



Aloqador xabarlar