Turkiya Iroqni DAIShga qarshi kurashni muvaffaqiyatli ado etgani munosabati bilan tabrikladi

“Iroqning DAIShga qarshi kurashni muvaffaqiyatli yakunlaganidan mamnunmiz. Shu munosabat bilan Iroq hukumatini tabriklaymiz. Vatan uchun jon bergan iroqlik qardoshlarimizga Allohdan rahmat tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

865486
Turkiya Iroqni DAIShga qarshi kurashni muvaffaqiyatli ado etgani munosabati bilan tabrikladi

Turkiya Iroqni terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashni muvaffaqiyatli ado etgani munosabati bilan tabrikladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Iroqning DAIShga qarshi kurashni muvaffaqiyatli yakunlaganidan mamnunmiz. Shu munosabat bilan Iroq hukumatini tabriklaymiz. Vatan uchun jon bergan iroqlik qardoshlarimizga Allohdan rahmat tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

“Bundan keyingi jarayonda Iroqni qayta tiklash, Iroqda davlat rasmiy tashkilot va muassasalarini mustahkamlash hamda Iroq xalqi bilan hamjihatlikda qadam tashlash zarur. Bu doirada amalga oshiriladigan ishlar jamiyatning barcha tabaqa va guruhlarini o’z ichiga olgan holda hayotga tadbiq etilishi katta ahamiyat kasb etadi”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

Eslatma: Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy kecha DAIShga qarshi kurashda g’alaba qozonganini barchaga e’lon qilgandi.

Shu munosabat bilan poytaxt Bog’dodda g’alaba bayrami o’tkazilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar