Quddus sharifni Isroilning poytaxti sifatida e’lon qilish vahim bir xato...

Prezidentlik voizi Ibrohim Qalin, Quddus sharifning tarixi, dini va huquqiy statusi tufayli Isroilning poytaxti sifatida e’lon qilinishi vahim bir xato deb qayd etdi. Ibrohim Qalin, poytaxt Anqarada Beshtepeda uyushtirgan matbuotid anjumanida, Amerika q

862495
Quddus sharifni Isroilning poytaxti sifatida e’lon qilish  vahim bir xato...

Prezidentlik voizi Ibrohim Qalin, Quddus sharifning tarixi, dini va huquqiy statusi tufayli Isroilning poytaxti sifatida e’lon qilinishi vahim bir xato deb qayd etdi.

Ibrohim Qalin, poytaxt Anqarada Beshtepeda  uyushtirgan matbuotid anjumanida, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh), Quddus sharifni Isroilning poytaxti deb tan olish qarori xalqaro qoida- qonunga zid ekanini  ta’kidladi.   

“ Quddus sharif bizning sharafimizdir, Quddus bizning mushtarak da’vomiz, kecha janob Prezidentimiz aytganidek  bizning qizil chizig’imizdir.” dedi.

Tarixiy, dini va huquqiy mulohazalar ( tushunchalar, nazariyalar) bilan bir qator Quddus sharif mavjud statusini muhofaza qilish va Isroilning mulki deb ko’rsatilayotgan  bo’lishi, vahimali xatoning oldini olish mavzusida tashlanishi kerak bo’lgan  qadamlar deb ta’kidlagan  Qalin,

“zotan Yaqin sharqda juda nozik bo’lgan tinchlik jarayonini go’yo yo’q qiladigan ushbu vahimali xatodan, AQSh ma’muriyatini  darhol qaytishga chaqiramiz.” deb gapirdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an ushbu qarorga norozilik ko’rsatib Falastin davlat rahbari Mahmud Abbas bilan bir qatorda Arab olamidan juda ko’p lider bilan, Islom olamining  hukumat va davlat rahbarlari bilan  bu mavzuda uchrashgani izhor etgan Ibrohim Qalin, Erdog’an bugun ertalab Malayziya, Tunis, Eron, Qatar, Saudiya Arabiston, Pokiston, Indoneziya davlat va hukumat rahbarlari bilan telefon orqali  muloqot qilganini,   uchrashuvlarini davom ettiradi deb bildirdi.

Ibrohim Qalin, bugun chaqiriq maktubi tarqatadigan Prezident, Quddus sharifning statusiga va mintaqa tinchligi bilan tegishli  juda sezgir ekanini o’rtaga qo’ygan o’zgarish sababli, Islom o’lkalari msuhtarak harakat  qilib  va koordinatsiyani ta’min etish  uchun Islom hamkorlik tashkilotini favqulodda holat bilan sammit o’tkazishga chaqirdi dedi.

Qalin, Islom hamkorlik tashkiloti favqulodda holat liderlar sammiti 13- dekabr kuni  Prezident Erdo’g’an mezbonligida yig’iladi deb ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Quddus , #Sharif , #Isroil , #Poytaxt , #Xato

Aloqador xabarlar