Hulusiy Akar, Gerasimov va Bakiriy Sochida uchrashuv o’tkazdi

Turkiya, Rossiya va Eron Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raislari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan Rossiya Mudofaa vaziri tomonidan bayonot berildi.

851990
Hulusiy Akar, Gerasimov va Bakiriy Sochida uchrashuv o’tkazdi

Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar Rossiya Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Valeriy Gerasimov va Eron Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general-mayor Muhammad Bakiriy bilan Rossiyaning Sochi shahrida uyushtirilgan uchlik yig’ilishda uchrashadi.

Ushbu uchrashuv Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida ertaga bo’lib o’tadigan va Suriya to’g’risidagi uchlik sammitdan oldin o’tkazildi.

Turkiya, Rossiya va Eron Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raislari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan Rossiya Mudofaa vaziri tomonidan bayonot berildi.

Uchrashuvda tomonlarning Suriyadagi mavjud vaziyatni qo’lga olganligi bayon etilar ekan shuningdek terror tashkilotlarining yo’q qilinishi, taranglikni kamaytirish hududlarida xavfsizlikning ta’minlanishi va muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish masalasini qulaylashtirish uchun olib boriladigan faoliyatlarning eng asosiy yo’nalishlari bilan muhokama qilinganligi qayd etildi.  

Bayonotda shuningdek “Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududida koordinatsiyaning orttirilishi, Suriyadagi DEASh va al-Nusra terror tashkiloti a’zolarining tolig’i bilan yo’q qilinishi masalalarida kelishib olindi” deyildi.



Aloqador xabarlar