(AQSh)ning  bo’lginchi terror tashkiloti PYD /YPG bilan aloqalariga yakun yasashi kerak

Prezidentlik voizi Ibrahim kalin, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning  bo’lginchi terror tashkiloti, PKKning Suriyadagi davomi bo’lgan PYD /YPG bilan aloqalarini endi yakun yasashi kerak deb qayd etdi.

851713
(AQSh)ning  bo’lginchi terror tashkiloti  PYD /YPG bilan aloqalariga yakun yasashi kerak

Prezidentlik voizi Ibrahim kalin, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning  bo’lginchi terror tashkiloti, PKKning Suriyadagi davomi bo’lgan PYD /YPG bilan aloqalarini endi yakun yasashi kerak deb qayd etdi.

Kalin,

Boshdan beri bizga PYD/YPG bilan aloqalari  o’tkinchi ekanini, ya’ni Rakka bir marotaba qutqarilgandan keyin, IShID bartaraf qilingandan keyin, aloqalarni uzib tashlashni ifoda etmoqda edi.

Shu bois hozir AQShning PYD/YPG bilan aloqalarini uzib tashlashini kutamiz chunki, vazifa bajo keltirildi” dedi.

Ibrahim Kalin, Fransuz France 24ga reportaj berdi.

Ibrahim Kalin, NATO harbiy mashg’ulotida Otaturk bilan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning fotosuratlari nishonga qo’yish  rasvoligi   tekshirilishi kerak deb aytdi.

Kalin, Turkiya NATOning kuchli bir ittifoqdoshi ekanini ma’lum qilib,

“ ko’plab harbiy mashg’ulotga ishtirok etdik. NATOning 50 yildan uzoq muddatdir bir parchasimiz.

Albatta bu voqea diqqat bilan tadqiq, tergov qilinishi, buni kim qildi, u fotosuratlarni u yerga kim qo’ydi .Bir harbiy ittifoq, bunday  qattiq tartibli bir tizimda bunday bir narsa qanday bo’la oladi.”  Deb aytdi. 

NATO bu mavzuda Turkiyadan uzr so’radi deb eslatgan Kalin,  bu voqealarning bir xato bo’lib bo’lmaganligiga tegishli bir savolga,

“ Tafsilotlarni  bilmayman.  Buni kutib Ko’ramiz.” deb javob berdi.

Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi aloqalarda sodir bo’lgan taranglik bilan  tegishli  bir savolga Kalin, Shunday qaydi:

“ AQSh  bilan uzoq o’tmishga tayangan strategik ittifoqimiz bor  faqat oxirgi bir necha yilda, Obama boshqaruviga qadar bir muhokama qilib o’taylik, ikki asosiy muammomiz bor. Bir, AQShning Suriyada IShID bilan kurash nomidan PYD va  YPGga bergan yordam. Ikkınchi muammo ham AQShdagi Gulenji tarmog’i Gulenjilar, AQShga joylashganlar va tizimi esa  ijaraga olgan maktablari,  soxta vizalar va pul uyish yo’li bilan o’z foydasi uchun ishlatish. Hozir AQSh  tizimini Turkiyaga qarshi hujum qilish uchun foydalanmoqda.”

Ibrahim Kalin, Turkiyaning AQShdan,  qonuniylikdan boshqa hech bir talabi bo’lmagani  ma’lum qilib,

“ (2016- yil 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusining to’da boshchisi Fatulloh Gulen) Turkiyaga qaytarib berishi bilan 1960larda imzolangan jinoyatchilarni qaytarib berish bitimiga “ binoan talabimiz bo’ldi.1 deb ma’lum qildi.

Suriyaning Rakka hududida, koalitsiya kuchlari yetakchiligida terror tashkilotlari YPG/PYD va IShID o’rtasida  bo’lib o’tgan kelishuv bilan aloqali  bir savolga Kalin, Shunday javob berdi:

Birinchidan, bu  qo’rqinch bir bitim, buning bilan tanishgandan keyin albatta reaksiya ko’rsatdik.

Menimcha Bu PYD /YPG kabi bir terror tashkiloti, IShID kabi bir boshqa terror tashkilotiga qarshi himoya qilinishining qanchalik yanglish ekanini ko’rsatmoqda. Boshdan beri aytib keldik.

Bir terror tashkiloti bilan boshqa bir  terror tashkilotidan  foydalanib kurash olib  borilmas. Yaqin paytda aytganimizdek , o’z rasmiy hududlarida PYD/YPG har zamon PKKning Suriya tarmog’i sifatida o’rin oldi. PKK bir terror tashkiloti mi? Ha, unday bo’lsa  buyuriq olgan yer u yeri. Aslida PYD/YPGning buyuriq  va boshqarish tuzilishiga qaraganda barcha muhim amrlarni  Kandil tog’idan va PKKdan oladilar.”

AQSh  mintaqada qolishni ko’zda tutmoqda mi degan  bir savolga Kalin, “ boshdan beri bizga PYD /YPG bilan aloqalari o’tkinchi ekanini, ya’ni Rakkka bir marotaba qutqarilgandan keyin, IShID bartaraf qilingandan keyin aloqalarini uzib tashlashi kerak edi. Shu  bois hozir PYD/ YPG bilan aloqalarini uzib tashlashlarini  kutamiz, Chunki  vazifa bajo keltirildi. Endi AQShning  o’z rejalarini qanday amalga oshirishini ko’ramiz. Rakka  hududi tozalangandan keyin  uzoq muddat qolish jihatida ba’zi fikr va mulohazalar bor kabi ko’rinadi” deb  javob berdi.

Suriya inqirozining  yechimi uchun boshlatilgan Ostona jarayoni Jeneva jarayonining bir  alternativa emas, yakunlovchi  ekanini ma’lum qilgan Kalin, Suriya muammosiga yechim topish uchun birovi BMTning boshqasi esa Turkiya, Rossiya va Eronning ochgan kanalda ishlamoqda dedi.

“ Suriyani birlashtiradigan shaxs Asad emas.” Degan Kalin,

“ Qonuniyligini boy berdi, Suriyada  barchani o’z ichiga olgan, demokratik, ko’p madaniyatli, faol va qonuniy bir hukumat tuzishi mumkin emas. Bu aniqki bunga Suriya xalqi qaror beradi.” Deb qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #PYD-YPG , #Aloqa , #Yakun

Aloqador xabarlar