O'mer Chelik, NATO mashg'ulotlari chog'ida ro'y berganlarni baholadi

YI vaziri O'mer Chelik, "Otaturk va Erdo'g'an" mavzusida, "voqaning ro'y berish holati, FETOning uslubiga o'xshaydi" dedi.

850868
O'mer Chelik, NATO mashg'ulotlari chog'ida ro'y berganlarni baholadi

Yevropa Ittifoqi (YI) vaziri O'mer Chelik, NATO harbiy mashg'ulotlari chog'ida "Otaturk va Erdo'g'an"ga bo'lgan haqorat mavzusida, "Voqeaning ro'y berish holati, FETOning uslubiga o'xshaydi" dedi.

Chelik, Kanadada tartiblangan 9. Halifat Xalqaro Xavfsizlik forumining oxirgi kuni ommaviy axborot xodimlariga ma'lumot berdi.

Forumda, AQSh bilan mavjud munosabatlar, emigratsiya va Ipak yo'li kabi masalalarning ko'zdan kechirilganini ifoda etgan Chelik, "Islom bilan terror bahs mavzusi bo'lganda, bunday ifoda qilmaslik kerakligini, terrorning bir din va musulmonlik bilan solishtirmaslikka diqqat qaratilishi bizni mamnun etdi" dedi.

Chelik, yig'ilishda muhokama qilingan NATO bosh kotibi Jens Stoltenbergning NATO harbiy mashg'ulotlari paytida "Otaturk va Erdo'g'anga qarshi dushmanlik" qilgani uchun uzr so'ragani, buning qabul qilinmas bo'lganini izohladi.

Chelik, "Buni kim buyurgan?" degan Chelik, buni tekshirib chiqish kerakligiga to'xtalib o'tdi.

Chelik, bunga o'xshash voqealarning qaytarilmasligi uchun buni kuzatib borishlarini ta'kidladi.

Bu muojaroning ro'y berishi FETOning uslubiga o'xshagani uchun "Turkiyaga putur yetkazish va Turkiyadagi vaziyatni salbiy tomonga tortish. Bu ularning uslubiga o'xshaydi" dedi.



Aloqador xabarlar