Prezident Erdog’an davlat tashrifi bilan takror Rossiyaga boradi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan takror Rossiyaga, Rossiyaning Sochi shahriga boradi.

848920
Prezident Erdog’an davlat tashrifi bilan takror Rossiyaga boradi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan takror Rossiyaga boradi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an shu yilning 22-noyabri kuni takror davlat tashrifi bilan Rossiyaga borar ekan u yerda Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida bo’lib o’tadigan Suriya borasidagi sammitda ishtirok etadi.

Sammitda Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Tomonlar Suriya va mintaqadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oladi.  

Aytib o’tish joizki Suriya xalqlar kongressiga PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD terror tashkilotining taklif qilinishi Turkiyaning norozichiligiga yo’l ochgan edi.

Shu bois PYD terror tashkiloti taklif qilingan kongress keyingiga qoldirilgan.

Yig’ilishda huddi mana shu kongressning ham qo’lga olinishi kutilmoqda.

Haftaning dushanba kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Rossiyaning Sochi shahrida uchrashgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 22-noyabrdagi tashrifi bilan, rossiyalik kasbdoshi bilan bir yilda oltinchi marotaba yuzma-yuz uchrashuv o’tkazgan bo’ladi.



Aloqador xabarlar