Turkiya va Yevrosiyo munosabatlari 33-qism

Turkiya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEANga hamkor bo'ldi.

791603
Turkiya va Yevrosiyo munosabatlari 33-qism

 

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Turkiya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEANning hamkori ekanini ta’kidladi.

Biz ham dasturimizning bugungi sonida Turkiyaning janubi sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan bo’lgan munosabatlarini va bu uyushmaning mintaqaga ko’rsatgan ta’sirlarini taxlil qilamiz.

Otaturk universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEAN 1967 yilda Jakartada tashkil topdi. Bunga Indoneziya, Malayziya, Tayland, Filippinlar va Singapur davlatlari asosiy a’zo sifatida qabul qilingan. 1984 yili esa, Bruney, 1995 yili Vyetnam, 1997 yili Laos va Muanma, 1999 yili Kamboja davlatlari a’zo bo’lgan.

1967  yilning 8 avgust kuni  Indoneziya, Filippinlar, Malayziya, Singapur va Tayland tashqi ishlar vazirlarining Bangkokda imzolagan 5 moddalik bayonnomasi bilan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasiga asos solingan.

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy, texnik, ta’lim-tarbiyaviy va boshqa sohalarda hamkorlik qilgan holda, huquq va BMT tamoyillariga hurmat doirasida mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Mazkur  uyushma tashkil topgan yillarda asosiy vazifalaridan biri bo’lgan to’qnashuvlarni to’xtatish va siyosiy barqarorlikni ta’minlash kabi xususlar qahraton urush davrida o’z o’rnini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sa’y-harakatlariga topshirdi.

1976 yili imzolangan Janubi-sharqiy Osiyo do’stlik va hamkorlik shartnomasi va 1995 yilda imzolangan Janubi-sharqiy Osiyo atom qurollardan tozalangan mintaqa shartnomasi ASEANni huquqiy jihatdan daxldorligi bo’lgan tashkilotga aylantirdi.

Qahraton urushdan keyingi yillarda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi mintaqaviy tartib va farovonlikni ta’minlashda faol ro’l o’ynadi. Bunga qo’shimcha ravishda, iqtisodiyot va xavfsizlik jihatidan mintaqaning poydevorini tashkil qildi.

Vaqt o’tishi bilan Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada, Rossiya, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Yangi Zellandiya davlatlari ham Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining hamkoriga aylandi.

Turkiya bu uyushmaga a’zo emas, zero Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi mintaqa tashqarisidan a’zo qabul qilmaydi. Lekin, Turkiya 1999 yildan e’tiboran, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEAN bilan aloqalarini rivojlantirishga qaror berdi.

Bu doirada uyushmaga dialog hamkori bo’lish niyatini bayon etdi.

Turkiya ASEAN bilan aloqalarini rivojlantirishning dastlabki bosqichi sifatida 2010 yili Vyetnamda o’tkazilgan 43-ASEAN tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi chog’ida Do’stlik va hamkorlik shartnomasi talablarini qo’llab quvvatladi.

50-ASEAN tashqi ishlar vazirlari yig’ilishiga qatnashish uchun Filippinlarning poytaxti Manilaga safar qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Turkiya rasman ASEANga hamkor bo’lganini e’lon qildi.

Darhaqiqat, Turkiya hamkorlik uchun 2015 yilda ASEANga murojaat qilgan edi.

Bu murojaat bilan aloqali ikki yil mobaynida katta faoliyatlar amalga oshirildi.

Turkiyaning yo’l haritasi va faoliyat rejasi ASEANga a’zo davlatlar tomonidan taqdirlandi.

ASEANga hamkor bo’lish maqsadida murojaat qilgan boshqa davlatlar ham bor. Lekin, ASEAN bu yil faqatgina Turkiyaning murojaatini qabul qildi xalos.

Ma’lumki, Turkiyaning Lotin Amerika tashabbusi va Afrika bilan hamkorlik siyosati mavjud.

Bu tashabbuslardan tashqari, Turkiya, Janubi sharqiy Osiyo mintaqasiga ham anchadan beri katta ahamiyat berib kelmoqda. Turkiya yaqinda Laosda elchixona ochadi. Ushbu elchixona natijasida ASEAN mintaqasidagi barcha davlatlarning poytaxtlarida ham o’z vakolatxonalarini ochadi.

Turkiyaning hamkor bo’lishi bilan birga siyosiy va rasmiy ravishda bu mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni yana ham rivojlantiradi.

ASEAN faqatgina xalqaro siyosiy tashkilot bo’libgina qolmasdan, ayni paytda oxirgi yillarda kuchli iqtisodiy tashkilotga aylandi. ASEAN mintaqasi bilan Turkiyaning o’zaro tijoriy hajmi oshadi va kelgusidagi jarayonda bu raqamlar yana ham oshadi degan taxminlar bor.

Ushbu hamkorlik natijasida turk tadbirkorlar uchun mintaqada katta imkoniyatlar yaratiladi.

Turkiyaning ASEANga hamkor bo’lishidan maqsad siyosiy aloqalarni takomillashtirish va insonparvarlik faoliyatlarini rivojlantirishdir.

Bundan tashqari, iqtisodiy va madaniy aloqalar kabi turli sohalarda Turkiyaning ASEAN mintaqasi bilan aloqalarni juda yaxshi darajaga olib keladi.

Bundan keyingi yillarda Turkiya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEANning yig’ilishlariga, sammitlariga va tashqi ishlar vazirlari yig’ilishlariga rasman ishtirok etadi.

2017 yildan e’tiboran Turkiya hamkor statusi bilan bo’lsa ham ASEANning bir bo’lagiga aylandi. ASEAN kelgusidagi davrda Turkiyaning faol tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lishi ehtimoldan holi emas.

Otaturk universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar