Turkiya va Eron o'rtasida harbiy hamkorlik...

Eron Harbiy bosh shtabi raisi Muhammad Bakiriy:“Turkiyada harbiy hamkorlikka asos soldik. Eron-Turkiya razvedkasi o’z faoliyatini boshlaydi”.

791716
Turkiya va Eron o'rtasida harbiy hamkorlik...

Eron va Turkiya o’rtasida terrorizmga qarshi kurash bo’yicha razvedka va jangovar hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

Bu haqda Eron Harbiy bosh shtabi raisi Muhammad Bakiriy ma’lum qilgan.

“Turkiyada harbiy hamkorlikka asos soldik. Eron-Turkiya razvedkasi o’z faoliyatini boshlaydi”,-dedi Bakiriy.

Ma’lumki, kuni kecha Eron Harbiy bosh shtabi raisi Muhammad Bakiriy rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’lib qaytdi.

Islom inqilobidan keyin harbiy bosh shtab raisi darajasida Erondan Turkiyaga amalga oshirilgan dastlabki ziyorat diniy lider Oyatulloh Ali Hamaneyning roziligi bilan amalga oshirilgan.

Ma’lum bo’lishicha, tashrif chog’ida ikki davlat o’rtasida harbiy hamkorlik va chegara xavfsizligi bo’yicha hamkorlikka kelishib olingan.

“Mushtarak harbiy ta’lim va talaba almashish kabi xususlar bo’yicha kelishib oldik. Ikki davlat dengiz floti o’zaro ziyoratlarni amalga oshirishi rejalashtirildi. Harbiy mashg’ulotlarni kuzatish uchun maxsus vakil tayinlanadi”,-dedi Bakiriy.

Turkiya Harbiy bosh shtabi raisi Hulusi Akarni Eronga taklif qilgan Bakiriy yaqinda Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’onning ham Eronga tashrif buyurishini so’zlariga ilova qildi.

 

 



Aloqador xabarlar