Chavusho'g'li AQSh va Shimoliy Koreya muammosiga to'xtaldi

Chavusho’g’li, Antaliyada jurnalistlarning savoliga javob berar ekan unda, globallashuv tufayli dunyoda yuz berayotgan bir o’zgarishning tezlik bilan butun dunyoga o’z ta’sirini ko’rsatish ehtimolini eslatdi va AQSh va Shimoliy Koreya masalasiga to'xtaldi

788529
Chavusho'g'li AQSh va Shimoliy Koreya muammosiga to'xtaldi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasidagi muammoning butun dunyoga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishi mumkinligini qayd etdi.

Chavusho’g’li, Antaliyada jurnalistlarning savoliga javob berar ekan unda, globallashuv tufayli dunyoda yuz berayotgan bir o’zgarishning tezlik bilan butun dunyoga o’z ta’sirini ko’rsatish ehtimolini eslatdi va,

“Shimoliy Koreya bilan AQSh o’rtasidagi muammo butun dunyoga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shunday ekan biz o’z tadbirimizni oldik. Chunki bu muammo oddiy muammo emas. Yadroviy qurol bilan o’ynashib bo’lmaydi, o’ylanib ish tutilishi kerak. Aslida u mintaqada Janubiy Xitoy dengizi muammosi bor edi. Endi esa yadroviy qurol masalasi paydo bo’ldi va u butun muammolarni ortda qoldirdi” deya gapirdi.  

Chavusho’g’li, germaniyalik delegatsiyaning bir NATO vakili bilan birgalikda 8-sentabr kuni Koniyadagi NATO bazasida bo’lishi haqidagi savolga esa,

“Biz ham shuni taklif qilgan edik. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham bu haqidagi masalaga to’xtalgan va vaziyatning Adanadagi Injirlik bazasidan farqli ekanligini shuning uchun ham bugungacha Milliy Mudofaa vazirligi bosh bo’lish bilan birga Tashqi ishlar vazirligining jarayon ustidan puxta kuzatuv ishlari olib borayotganligini qayd etgan edi” deb javob berdi.

 



Aloqador xabarlar