Prezident Erdog’an Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Quvayt safari o’z nihoyasiga yetdi. Hozirda Qatarga qarab yo’l oldi.

776600
Prezident Erdog’an Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Quvayt safari o’z nihoyasiga yetdi. Hozirda Qatarga qarab yo’l oldi.

Prezident Erdog’anni Quvayt Xalqaro aeroportidan Quvayt Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh kuzatib qo’ydi.  

Kuzatuv marosimida Bosh vazir Shayx Jobir Muborak Hamad al-Sabah, Bosh vazir birinchi o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Shayx Saboh Halad Hamad al-Saboh, quvaytlik rasmiylar va Turkiyaning Quvaytdagi elchisi Murat Tamer ham bor edi.  

Prezident Erdog’anga ushbu safarida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak, Milliy Mudofaa vaziri Nurettin Janikli, Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan Milliy Razvedka Tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan hamrohlik qilmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Quvayt , #Qatar

Aloqador xabarlar