Chavusho’g’li: “Kipr oroli atrofidagi zaxiralarda oroldagi turk xalqining ham haqqi bor”.

Mevlut Chavusho’g’li kecha, Tashqi ishlar vazirligining rasmiy qarorgohida Estoniya Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser bilan uchrashar ekam ortidan amalga oshirilgan matbuot anjumanida Kipr va Qatar muammosiga to'xtaldi.

773306
Chavusho’g’li: “Kipr oroli atrofidagi zaxiralarda oroldagi turk xalqining ham haqqi bor”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Kipr oroli atrofidagi zaxiralarda oroldagi turk xalqining ham haqqi borligini qayd etdi.   

Mevlut Chavusho’g’li kecha, Tashqi ishlar vazirligining rasmiy qarorgohida Estoniya Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv ortidan ikkala vazir matbuot anjumani uyushtirdi.

Jurnalistlar savoliga javob bergan Chavusho’g’li, Kipr muammosi borasida muhim bayonotlar berdi.

Kiprning grek tomonining O’rta yer dengizining sharqida, bir tomonli olaroq davom ettirgan uglevodorod konlarini qidirish faoliyatini baholagan Chevusho’g’li;

“Kiprning grek tomonining u yerda faoliyat olib borishi noto’g’ridir. Chunki Kipr oroli atrofidagi zaxiralarda oroldagi turk xalqining ham haqqi bor” dedi.  

Ikki marotaba natijasiz yakunlagan Kipr muzokaralari ortidan boshqa jarayonning boshlatilajagini eslatgan Chavusho’g’li,

 “Bundan buyon Kiprda boshqa jarayonlar boshlatiladi. Kipr muammosini hal qilish masalasi umrbot bunday davom etolmaydi” dedi.

Kipr masalasidan tashqari Qatar muammosini ham baholagan Chavusho’g’li;

“Umid qilamanki Prezidentimizning joriy yilning 23-24-iyuli kunlari mintaqaga qaratiladigan amaliy tashriflari muammoning hal qilinishiga yo’l ochadi” dedi.

 



Aloqador xabarlar