Chavusho'g'li FETO borasida Yaponiyani ogohlantirdi

Mevlut Chavusho’g’li Yaponiya ziyorati chog’ida “Sasakava” nomidagi tinchlik jamg’armasida nutq so’zlar ekan FETOning dunyodagi shu jumladan, Yaponiyadagi faoliyatlariga to'xtaldi.

757702
Chavusho'g'li FETO borasida Yaponiyani ogohlantirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Fetullahchi terror tashkilotining dunyoning ba’zi davlatlari va u davlatlarning maxfiy xizmatlariga xizmat qilayotganliklari haqida Yaponiyani ogohlantirdi.

Mevlut Chavusho’g’li Yaponiya ziyorati chog’ida “Sasakava” nomidagi tinchlik jamg’armasida nutq so’zladi.

Yaponiyani ogohlantirgan Chavusho’g’li FETOning, Yaponiyada ham ancha faol ekanligini qayd etdi.

O’tgan yilning 15-iyuli kuni FETOning, Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilganligini eslatgan Chavusho’g’li,

“Turk xalqi to’ntarishchilarni qurol-yaroqsiz, faqatgina qo’llaridagi Turk bayroqlari bilan yengdi. FETOga a’zo bo’lgan terroristlar xalq soliqlari bilan olingan tanklar orqali yurttoshlarga qarshi kurashib, Turk hukumatini to’ntarmoqchi bo’ldi. Mamlakatni uchoq va vertolyotlar orqali bombalab,  shavqatsiz zarbalar bilan insonlar umriga zomin bo’ldi. Huddi ana shu kundan roppa-rosa 250 nafar shahidimiz bor. Qariyb 2200 yurttoshimiz tan jarohati oldi” dedi.   

FETO a’zolarining ayyor ravishda davlat ichiga sizib kirganliklarini ta’kidlagan Chavusho’g’li;

“Men o’z vazirligimdan 25 nafar diplomatni ishdan chiqardim. Chunki ularning maqsadi davlatga, mamlakatning tashqi ishlar vazirligiga emas FETOga xizmat qilish ekanligi aniqlandi. Hatto ularning o’zlari yashirin hujjatlarni FETOga yetkazib berganliklarini bo’yniga oldilar. Mening vazirligim, mamlakatning eng nozik vazirligidir” deya gapirdi.

Sodiqligini bir terror tashkilotiga atagan kishilar bilan ishlamasligini ifodalagan Chavusho’g’li,

“Bu tashkilot dunyoning ba’zi mamlakatlari va ularning maxfiy xizmatlariga xizmat qilmoqda. Afsuski bu tashkilot Yaponiyada ham ancha faol” deb bu borada Yaponiyani ham ogohlantirdi.

 



Aloqador xabarlar