Ak partiyada takror R.T.Erdo’g’an davri boshlandi

Kecha Ankarada Adolat va taraqqiyot partiyasining 3-favqulodda buyuk kongressi bo’lib o’tdi.

736695
Ak partiyada takror R.T.Erdo’g’an davri boshlandi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an takror Adolat va taraqqiyot partiyasiga (Ak partiya) rahbar etib tayinlandi.

Kecha Ankarada Ak partiyaning 3-favqulodda buyuk kongressi bo’lib o’tdi.

Kongressda 1370 delegatning imzosi bilan yakka nomzod bo’lgan prezident Erdo’g’an yana bir bor Ak partiyaning rahbari bo’ldi.

Kongressda partiyaning qonun-qoidalariga o’zgartirish kiritildi va partiyaning bosh rahbariga o’rinbosar tayinlash qabul qilindi.

Bunga ko’ra, Bosh vazir Binali Yildirim Ak partiyaning rahbar o’rinbosari etib tayinlandi.

Kongressda avvalo Turkiya Prezidenti va Ak partiyaning yangi rahbari R.T.Erdo’g’an so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida, avvalo mamlakatda ro’y bergan siyosiy o’zgarishlarga to’xtaldi.

Shuningdek, mamlakat tinchligiga rahna solgan terror tashkilotlari, jumladan Fathulloh Gulen harakati, PKK terror tashkiloti va DAIShga qarshi kurash Turkiyaning istiqboli jihatidan muhim ekanini aytdi.

Turkiyada davom etayotgan favqulodda vaziyat rejimi haqida fikr bildirgan Erdo’g’an: “Turkiyada davlatni to’ntarishga harakat qilindi. Buni to’xtatish va butkul bartaraf etish maqsadida favqulodda vaziyat joriy etildi. Fransiya deyarli 1 yarim yil favqulodda vaziyat e’lon qildi. G’arb davlatlari qaysi yuz bilan Turkiyadan favqulodda vaziyatni bekor qilishini talab qilyabdi. Mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik ta’minlangunicha favqulodda vaziyat bekor qilinmaydi”,-dedi.

Kongressda Bosh vazir Binali Yildirim ham ma’ruza qildi.

U o’z ma’ruzasida Ak partiyaga Erdog’anning xizmatlari beqiyos ekanini aytib o’tdi.

Uning aytishicha, Erdo’g’an Ak partiyaga rahbar bo’lmagan davrda ham partiyani ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlab keldi.

Turkiya juda katta falokatlarni boshidan o’tkazganini aytgan Binali Yildirim, hukumatni boshqargan Ak partiya bunday murakkab davrda tajribasini yanada oshirganini tilga oldi.

“Terrorizmga qarshi kurash davom etadi. Terrorizmni davlat kun tartibidan chiqaramiz”,-deydi Binali Yildirim o’z ma’ruzasida.

U Amerika hukumatining ekstremist terror guruhlariga nisbatan munosabatini tanqid qilar ekan, DAISh terror tashkilotini boshqa terror tashkilotlari vositasida yo’q qilib bo’lmasligini tilga oldi.

 

 



Aloqador xabarlar