Evfrat qalqoni operatsiyasida turk askar halok bo'ldi

Turkiya Harbiy Bosh shtabi ma’lum qilishicha, bugun Suriya shimolida olib borilgan Evfrat qalqoni operatsiyasida mina va portlovchi moddalarni bartaraf etish jarayonida 1 ta turk askar halok bo’ldi.

676735
Evfrat qalqoni operatsiyasida turk askar halok bo'ldi

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan Suriya shimolida olib borilgan Evfrat qalqoni operatsiyasi davom etmoqda.

O’tgan yili 24 avgust kuni boshlangan operatsiyalar Suriya shimolini terroristlardan tozalashni maqsad qiladi.

Bu operatsiyalar o’z maqsadiga erishar ekan, ba’zan noxush xabarlar ham kelmoqda.

Bugun operatsiyada terroristlardan tozalangan hududlarda mina va portlovchi moddalarni bartaraf etish jarayonida 1 ta turk askar halok bo’ldi.

Turkiya Harbiy Bosh shtabi ma’lum qilishicha, voqea joyida 2 ta askar jarohatlangan.

Operatsiyada terror tashkiloti DAIShga tegishli 109 ta ob’yekt harbiy samolyotlar vositasida nishonga olindi.

Operatsiyada 44 ta terrorist o’ldirildi.



Aloqador xabarlar