Prezident Erdog'an, Turkiyaning Suriyadagi terrorga qarshi kurash masalasiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Saudiya Arabistonining al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida DEASh terror tashkilotining Turkiyada qo’l urgan hujumlariga va Turkiyaning bu tashkilotga qarshi kurash masalasiga to’xtaldi.

675062
Prezident Erdog'an, Turkiyaning Suriyadagi  terrorga qarshi kurash masalasiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Suriyaning al-Bob shahri DEASh terror tashkilotidan qutqarilganidan keyin maqsadning Manbijga qaratilajagini eslatar ekan, Manbijning arablarga oid ekanligini va YPG bilan PYD terror tashkilotining Manbijni boshatib qo’yishi lozimligini aytdi.   

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Saudiya Arabistonining al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi vaziyatga to’xtalib, “Hozirda bizning eng asosiy niyatimiz Suriyada to’kilgan qonni to’xtatishdir. Suriyada tinchlik o’rnatishdir” dedi.  

DEASh terror tashkilotining Turkiyada qo’l urgan hujumlariga va bu tashkilotga qarshi kurash masalasiga to’xtalgan Erdog’an, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashimiz davom etmoqda. Bu jarayon Jarablusdan yo’lga chiqib Gaziantepga kelgan va bir nikoh marosimida uyushtirgan xudkushlik hujumi oqibatida 56 fuqaromizning jon berishi ortidan avj oldi. Ushbu voqea ortidan Erkin Suriya armiyasi bilan birgalikda Jarablusga qarab yo’l oldik” deya gapirdi.

Jarayonga batafsil olaroq to’xtalgan Erdog’an,

“Va janubda Suriyaning Halab viloyatiga qarashli Dabik tumani bor edi. Eng avvalo Dabikni qutqardik. Hozirda esa al-Bobni qutqarish payidamiz. Buning uchun qattik kurash davom etmoqda. Bir necha kun ichida al-Bobni qutqaramiz degan fikrdaman. Ortidan maqsadimiz Manbijni qutqarishdir. Chunki Manbij arablarga oid. U yerda YPG bilan PYD terror tashkiloti bor. Ularning Manbijni boshatib qo’yishlari kerak.   

Bu borada Saudiya Arabistoni bilan Ko’rfaz davlatlarining yordami kerakligini eslatgan Prezident Erdog’an,

“Albatta bu nuqtada Saudiya Arabistoni bilan Ko’rfaz davlatlarining jiddiy ravishdagi yordamlariga ehtiyoıjimiz bor. Eng avvalo o'rtada keng ko'lamli muhojirlar muammosi mavjud. Ularning ko’pchiligi Turkiyada jon saqlamoqda. Ular soni hozirda Turkiyada 2 million 800 ming nafarni tashkil etadi. Ularni Turkiyaning turli mintaqalarida chodirlarda, konteyner shaharchalarda mehmon qilyapmiz. Albatta bu yetarli emas. Shunday ekan ular uchun Suriyaning shimolida, Jarablus bilan al-Bob o’rtasida janubga qaragan tomonda 30-40 kilometrlik terrordan qutqarilgan maydonni xavfsiz mintaqa deb e’lon qilaylik degan fikrdaman”.

“DEASh terror tashkiloti dunyoning ba’zi davlatlarining do’stidek ko’rinmoqda” degan savolga Janob Erdog’an,

“Eng avvalo DEASh terror tashkilotining islom dini bilan hech qanday aloqasi yo’qligini aytib o’tishimiz darkor. Al-Qoidadan ajralib alohida, boshqa terror tashkiloti sifatida o’rtaga chiqqan kunidan e’tiboran ularning hammasini alohida-alohida terror tashkiloti deb baholadim. Chunki ular nima bo'lishidan qat'iy nazar terror tashkiloti hisbolanadi. Islom dini bilan hech qanday aloqasi yo’q. Islom dini uchun kurash olib borayotganligini iddio qilishi bizni qiziqtirmaydi chunki ular qo’l urgan ishlarning islom dinida hech qanday o’rni yo’q” deb javob berdi.

Prezident Erdog'an, al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida 2016-yilning 15-iyuli kuni Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan to’ntarish tashabbusini ham baholar ekan,

“Xalqimiz 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusini o’zining yurtiga bo’lgan samimiy muomalasi orqali yengdi” dedi.



Aloqador xabarlar