The Nyu Yorker jurnali Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealari haqida...

Dexter Filkins tomonidan yozilgan maqolada Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus va Fathulloh Gulen harakatining Turkiyada qanday yuzaga kelgani hamda harakatning Fathulloh Gulenga qanchalik sodiqligiga e’tibor qaratildi.

590698
The Nyu Yorker jurnali Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealari haqida...

Amerika Qo’shma Shtatlarida nashr qilingan “The Nyu Yorker” jurnali Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealarini “30 yillik to’ntaruv” sarlavhasi bilan yoritdi.

Dexter Filkins tomonidan yozilgan maqolada Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus va Fathulloh Gulen harakatining Turkiyada qanday yuzaga kelgani hamda harakatning Fathulloh Gulenga qanchalik sodiqligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muallif Fathulloh Gulen harakatining asosan politsiya tashkiloti, davlat razvedkasi, qurolli kuchlar va huquq organlari bilan bir qatorda, davlatning eng strategik tashkilotlari safiga qanday qilib pinxona joylashib olganiga atroflicha to’xtalib o’tdi.

Eng ta’sirlisi shuki, Dexter Filkins shaxsan o’zi Fathulloh Gulen va bu harakatga xizmat qilgan ba’zi shaxslardan intervyu olgan.

Fathulloh Gulendan intervyu olish talabi bilan dastlab 2014 yili harakatning Nyu Yorkdagi markaziga borganini eslatgan Filkins, bu talabning inobatga olinmaganini, faqat keyingi yili Fathulloh Gulenning o’zi intervyu berish maqsadida qarorgohiga taklif ilganini eslatdi.

Intervyuda Fathulloh Gulenning aytgan ifodalarini anglash qiyin bo’lganini aytgan muallif: “Unga qo’l ostidagi bu harakatning siyosat bilan aloqasi bormi? deb savol berganimda bu harakatga juda ko’p insonlar a’zo bo’lganini va unga xizmat qilganini aytdi. Hech qaysi fuqaro yoki ijtimoiy guruh siyosatdan chetda qolmaydi, chunki siyosiy qarorlar  ularning hayotiga ta’sir ko’rsatadi”,-deya ta’kidlaganini yozdi.

Muallif Filkinsning yozishicha, Fathulloh Gulen intervyu paytida juda xorg’in ko’ringan, taxminan 45 daqiqa o’tgach, kimdir unga intervyu tugaganini ishora qilgan.

2011 yili Ankaraga tashrifi chog’ida Orhan Gazi Ertekin ismli sudya bilan uchrashganini aytgan Filkins, sudya bilan suhbatida Fathulloh Gulen harakatining sud organlari safidagi faoliyatlariga doir tajribalarini o’rtoqlashganini fosh qildi.

Maqolada yozilishicha, Orhan Gazi Ertekin Fathulloh Gulen harakati a’zolarining Sudyalar va prokurorlar oliy kengashiga qanday joylashtirilganini birma-bir aytib bergan.

Ertekin: “Harakatga a’zo Fathullohchilar mahfiy tildan foydalanadilar. Ular sud organlarining tepasiga kimning tayinlanishi to’g’risida qaror berdilar va ular uchun boshqalar bilan hamkorlik qilishga hojat yo’q edi”,-degan edi.

Filkins litseyda o’qiyotgan chog’larida Fathulloh Gulen harakatiga qo’shilgan Ahmet Keleshdan ham intervyu olgan.

Uzoq yillar mobaynida tashkilotga xizmat qilgach, oliy martabali lavozimlarga tayinlangan Ahmet Kelesh keyinchalik tashkilot safidan chiqqan.

U Gulen haqida taassurotlarini gapirar ekan, uning o’zini juda kamtarin qilib ko’rsatishiga qaramay, aslida o’ta kibrli va o’ziga qattiq itoat qilishini talab qilgan shaxs sifatida ta’riflaydi.

Uning aytishicha, Fathulloh Gulen harakati a’zolari Gulendan qolgan yeguliklarni bir-biri bilan talashar edilar.

Bu holatni kuzatib turgan Fathulloh Gulen bunga faqat gulimsirar ekan xalos.

Fathulloh Gulen harakatiga 17 yil xizmat qilgach, 2003 yili tashkilot safidan bosh tortgan Said Alpsoy ismli shaxs Gulen haqidagi taassurotlarini shunday anglatadi.

Uning aytishicha, Gulenning eski poyafzalini kiygan kishi bir marosimga qatnashadi va bu marosimda kishining oyog’idagi poyafzaldan bir parcha kesib olinib, bir necha soat suvda qaynatiladi. Keyin, insonlar qaynagan poyafzal terisini yeb tashlashgan.

Amerikaning ba’zi sobiq hukumat vakillarining bayonotlarida esa, Turkiyadagi harbiy to'ntarishga harakat qilgan guruhning Gulenchi tariqatining a'zolari bo'lishi mumkinligi ehtimoldan holi emasligi qayd etilar ekan "Turk armiyasida Gulen guruhidan tashqari yana ham kuchliroq va bir-biriga bog'liq bo'lgan boshqa guruh yo'q ekanligini" aytib o'tildi.

Filkins yozgan maqolada, 2008-2011 yillari orasida AQShning Turkiyadagi elchisi vazifasini o'tagan James Jeffreyning ham fikrlari o'rin olgan. Elchinin fikricha, Turkiyadagi 15 iyul voqealari faqatgina Gulen jamoatining qo'lidan kelishi mumkin.

Maqolada o'zini general mayor A.K. deb tanishtirgan bir mutasaddi harbiyning "Gulen jamoatidagi yuqori martabali bir shaxs, harbiy to'ntarish rejasidan voqea kunidan bir hafta avval xabardor edim",- deb aytgan.

Shuningdek, Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrahim Kalin "Gulen tariqati katta bir jinoiy guruh hisoblanadi. Bizning taxminimizcha, harbiy to'ntarishga 11 mingdan ziyod inson ishtirok etgan. Gulen tariqati bilan aloqasi bo'lgan sud tizimidagi, ommaviy axborot vositasi tizimidagi va xususiy tarmoqlardagi insonlarning hammasini birma-bir fosh etamiz",- deb aytdi.

Maqolada "Fethullah Gulen harakatining rahbari bo'lgan Gulenning AQShga joylashishida ro'l o'ynagan va uning AQShda Grin kard olishiga yordam bergan SRU'ning sobiq josusi Graham Fullerning fikrlari ham o'rin olgan.

SRU'dan ishdan ketgach, islomning siyosiy jihati mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan asnoda Gulen bilan tanishgan sobiq josus Fuller, Fethullah Gulenning SRU bilan bo'lgan aloqasidan xabardor emasligini aytib o'tdi.

Maqolada aytilishicha, AQSh diplomati Stuart Smith tomonidan 2005 yilida jo'natilgan bir telegraf matnida, oliy martabali 3 nafar politsiya xodimining Gulenning AQShda yashay olishini qulaylashtirish maqsadida AQShning Istanbuldagi elchixonasiga murojaat qilgan.

AQShdagi ba'zi mutasaddi shaxslar Gulenning AQShda Grin kard olishiga qarshi bo'lishiga qaramay, u grin kard olishga muvaffaq bo'lgan. Chunki, Gulenning do'stlari bo'lmish sobiq SRU josusi George Fidas, AQShning Turkiyadagi sobiq elchisi Morton Abramovich va SRUning sobiq direktori Graham Fuller unga yordam bergan bo'lishi ehtimoldan holi emas.

 

 

 



Aloqador xabarlar