Turkiya Prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin “CNN International” mehmoni...

Ibrahim Kalin Turkiyaga chegaradosh Suriyaning Jarablus tumanini terroristlardan tozalash maqsadida yuritilgan “Firat qalqoni” operatsiyasi va Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenning Turkiyaga qaytarilishiga doir jarayonni taxlil qildi.

559784
Turkiya Prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin “CNN International” mehmoni...

Turkiya Prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin “CNN International”da jonli ko’rsatuv mehmoni bo’ldi.

Ibrahim Kalin ko’rsatuvda Turkiyaga chegaradosh Suriyaning Jarablus tumanini terroristlardan tozalash maqsadida yuritilgan “Firat qalqoni” operatsiyasi va Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenning Turkiyaga qaytarilishiga doir jarayon haqida o’z fikr-mulohazalarini ifoda etdi.

Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG va PYD shartnomaga binoan, Firat daryosining sharqiga chekinishi kerakligini aytgan Ibrahim Kalin: “Turkiya kurd xalqiga nisbatan emas, balki ekstremist guruhlar PKK va uning hamkorlari PYD va YPGga qarshi kurashmoqda”,-dedi.

Mustaqil Suriya qo’shinining mintaqadagi ta’siriga diqqat qaratgan Ibrahim Kalinning taxminiga ko’ra, Jarablus terror tashkiloti DAIShdan butunlay tozalangach, YPGning mintaqada eng faol kuch ekani haqidagi haqsizlik bartaraf etiladi.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti o’rinbosari Joe Bidenning Turkiyaga tashrifini taxlil qilgan Ibrahim Kalin Joe Bidenning Fathulloh Gulen haqidagi fikrlari yuzasidan mulohaza yuritdi.

Uning taxminiga ko’ra, tashrifi chog’ida 15 iyul kechasi Fathullohchilar tomonidan portlatilgan Oliy majlis binosini ko’zdan kechirgan Joe Biden Turkiyaning Gulen masalasida qanchalik jiddiy ekanini farqiga borgan.

Ibrahim Kalin 15 iyul voqealariga doir tergov doirasida Fathulloh Gulen harakatiga xizmat qilganlarni ishdan chiqarish va qo’lga olish kabi choralarga to’xtalib: “Biz o’ch olish niyatida emasmiz, maqsadimiz adolatni o’rnatishdir”,-dedi.

Avvalo, 15 iyul voqealarida qo’li bo’lgan davlat xodimlarini aniqlab, davlat idoralarini ulardan tozalashga harakat qilinganini aytgan Ibrahim Kalin, bundan maqsad Turkiyada bunday harbiy to’ntaruvning qayta takrorlanmasligini ta’minlash ekanini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar