Turk xalqi, demokratiya uchun navbatchilik qilishni davom ettirmoqda

Poytaxtliklar maydonni qo’lidagi bayroqlar, tilidagi shiorlar va xalq qo’shiqlari bilan bezar ekan kayfiyati yuqori va faxrli edi.

535797
Turk xalqi, demokratiya uchun navbatchilik qilishni davom ettirmoqda

Turk xalqi, Turk qurolli kuchlari tarkibiga sizib kirgan FETO/PDY a’zolari tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan yurt boylab turk bayroqlari bilan maydonlarda demokratiya uchun navbatchilik qilmoqda.

Prezident Erdog’an esa voqea ortidan vaqtni qo’ldan boy bermay,

“Barcha yurttoshlarimni maydonlarga chaqiraman. Keling, maydonlarda to’ntarishchilarga kerakli javobni beraylik. Bu to’ntarish tashabbusining muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmayman. Tarixda hech qaysi to’ntarishchilar ko’zlagan maqsadiga erisholmadi” deyishi ortidan Edirnedan Hakkariga qadar yurtning to’rt burchagidan maydonlarga chopgan fuqarolar haftaning yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba kunlari bo’lganidek payshanba kuni ham oqshom soatlaridan e’tiboran maydonlarga qarab yo’l oldi.

Anqaraliklar demokratiya uchun o’z navbatchiligini haftaning birinchi kuni bo’lganidek kecha yani juma kuni ham Kiziloy maydonida davom ettirdi.  

Poytaxtliklar maydonni qo’lidagi bayroqlar, tilidagi shiorlar va xalq qo’shiqlari bilan bezar ekan kayfiyati yuqori va faxrli edi.  

Istanbulliklar esa bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib go’yo bir yurakga aylandilar.

Maydonlar boshqa-boshqa manzilda bo’lishiga qaramay turk xalqining shiori va maqsadi bitta edi.

Huddi shunday vaziyat Turkiyaning Kojaeli, Bursa, Edirne, Sakariya, Chanoqqal’a, Yalova, Kirklareli va Tekirdag’ viloyatlarida ham davom etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #turk xalqi , #demokratiya , #navbatchilik

Aloqador xabarlar