Turk rasmiylari, qahramon xalqiga minnatdorchilik bildirdi

Turk rasmiylari, 15-iyul kuni harbiy to'ntarish qilishga tashabbus qilgan noqonuniy kuchlarga qarshi kurashgan qahramon xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

531339
Turk rasmiylari, qahramon xalqiga minnatdorchilik bildirdi

To’ntarish tashabbusi ortidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning birligiga, butunligiga va qardoshligiga chiday olmaganlarning 15-iyul kuni davlatni qo’lga kiritmoqchi bo’lgan say-harakatlarining qurolli harakatga aylanganligini eslatib, voqea kuni yarim kechasi amalga oshirgan undoviga qarshi yurtning to’rt burchagidan barcha fuqarolarning tashrif buyurishi oqibatida FETO-ning say-harakatlariga mone’lik qilinganligini aytdi.

“Barcha fuqarolarim maydonlarga chiqib, to’ntarishchilarning tankiga qarshi imonlari bilan kurashdilar. Bu yosh qardoshlarimizning tanklarning zanjir tasmasi ostiga yotib olishi oddiy holat emasdir. Bu imonning chaqirig’idir” dedi.  

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismoil Qahramon ham millat sifatida bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarilganligini belgilab o’tgan holda bu dahshatli voqeaga qo’l urganlarning albatta jazoga tortilajagini aytdi.

Qahramon;

“Bu bir terror voqeasidir. To’ntarishga tashabbus qilindi lekin to’ntarishga tashabbus qilganlar muvaffaqiyatga erisholmadi. Davlat ularni ham, ularning ichki va tashqi qanotini ham albatta topadi va buni huquq doirasida amalga oshiradi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bosh vazir va Adolat va taraqqiyot partiyasi Bosh kotibi Binali Yildirim esa demokratiyani himoya qilgan turk xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Bosh vazir shuningdek,

“Ko’zlari qonga to’lgan vaziyatda edilar. Lekin ular bir narsani unutgan edi. Yani millatning uyiga qo’l uzatganlarning qo’li yonadi. Mana hali 24 soat o’tmay turib qo’llari yondi. Hech qaysi to’ntarish tashabbusi, jazosiz qolgani yo’q. Bundan keyin ham qolmaydi. Bundan buyon hech kim millatning irodasiga qo’l uzatishga jur’at etolmaydi” deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar