Prezident Erdo'g'an terrorga qarshi kurash mavzusiga diqqat qaratdi

Prezident Erdo'g'an, hech qaysi kuchning Turkiyani bo'lishga qurbi yetmasligiga diqqat qaratdi.

521198
Prezident Erdo'g'an terrorga qarshi kurash mavzusiga diqqat qaratdi

Prezident Rajab Tayip Erdo'g'an, hech qaysi kuchning Turkiyani bo'lishga qurbi yetmasligiga diqqat qaratib, terrorga qarshi kurash mavzusida qat'iylikka to'xtalib o'tdi.

Prezidentlik Saroyida, xodimlar bilan iftor ziyofatida uchrashgan Erdo'g'an, Turkiyaning, terror tashkiloti nishonga o'lgan bir o'lka sifatida og'r imtixondan o'tganini bildirib; "Terrorni, terror tashkilotini, terror faoliyatlarini bartaraf qilishimizga ishonchingiz komil bo'lsin. Qachon bo'lsa ham buning chorasiga qaraymiz" dedi.

Erdo'g'an, Ataturk Aeraportida uyushtirilgan terror hujumlari bilan aloqali, "Bu bechora insonlarning gunohi nima? Buning insonlik yoki vijdoni tomoni yo'q. Dinimizda  'Bir insonni o'ldirish butun insonlikni o'ldirish' deb aytiladi. Bunday jinoyat qanday sodir etilishi mumkin" deb so'zladi.

Davlat ichida tashkilotlanganlarning ham maydonga chiqishini va bartaraf qilinishini ifoda etgan Prezident Erdog'an, Turkiyaning 2023 yilgi maqsadiga qat'iylik bilan yetishiga diqqat qaratdi.

Prezident, "Turkiyadagi asil falokatning, bu terror voqeasi emas, o'z maqsadi va mafkuralaridan voz kechishi bo'ladi. Mana bundan voz kecha olmaymiz. Millatimizni bu falokat ichida tashlamaymiz" dedi.

Erdo'g'an, Isroil bilan Moviy Marmara hujumidan keyin taranglashgan muammolarni tiklash uchun muhim qadamlar tashlanganini bildirdi.

Ushbu kirishuvlarning, Turk millari va Falastin xalqi uchun yaxshi natijasi bo'lishini tilagan Erdo'g'an, ertaga Mersindan Isroilga 14 ming tonnalik insoniy yordam ashyosi bo'lgan kemaning harakat qilishini bildirib, kemada oziq-ovqatdan kiyim-kechakgacha va bolalarga tarqatiladigan sovg'alargacha ko'p narsa bo'lganini takidladi.

G'azoda 200 yotoqlik davlat shifoxonasining qurilishi nihoyasiga yetganini bildirib, "Isroilning Turkiya ustidan bunga o'xshash yordamlarni yetkazishga ruxsat berishiga" diqqat qaratdi.

 



Aloqador xabarlar