Poytaxt Anqara xoinona terror hujumiga yana bir bor qurbonlar berdi.

Harbiylar ichida bo'lgan avtobus mo'ljal qilib olingan qonli terrorist voqeasi 28 nafarning o'limiga sabab bo'ldi.

434860
Poytaxt Anqara xoinona terror hujumiga yana bir bor qurbonlar berdi.

Poytaxt Anqara xoinona terror hujumiga yana bir bor qurbonlar berdi.

Harbiylar ichida bo'lgan avtobus mo'ljal qilib olingan qonli terrorist voqeasi 28 nafarning o'limiga sabab bo'ldi.

Terror qonli yuzini bu safari Bosh shtab rahbariyati, Dengiz, havo va quruqlik kuchlari qo'mondonligi harbiylarning uy- joylari, Turkiya oliy millat majlisi, Bosh vazirlik markaz binosi va İchki ishlari vazirligiga 200 metr masofada yana bir bor o'zini ko'rsatdi.

Harbiy xodimlarni olib borayotgan avtobusga qizil chirog'da kutib turgan paytda tez bir shaklda oralariga kirib bomba yukli vositasi bilan xudkushlik hujumi uyushtirdi.

Portlashning eshitilishidan keyin voqea joyiga yuzlab tez yordam, o't o'ruvchi vosita yuborildi.

Portlash ta'siri bilan 2ta harbiy vositasi olov olar ekan, bosh shtab rahbariyati hujumda yaralangan 61 nafardan 30 nafari shifoxonalarda muolaja bo'lib chiqdilar.

31 yaradordan 8 nafar Gulhane Harbiy Tib Akademiyasi GATAda, 23 nafari esa boshqa shifoxonalarda muolaja qilinmoqda.

Hujum sodir bo'lgan yerda, voqea joyi tadqiq bo'limi mudirligi guruhlari tomonidan faoliyatlar tun bo'yi davom ettirildi.

Politsiya muhitlari, xavfsizlik kameralaridan voqeada ishlatilgan vositaning nomeri belgilandi.

Politsiya, mashinaning egasiga tegishli ma'lumotlarni aniqladi.

Hujumda foydalangan mashina 2 oy oldin ijaraga olingani belgilandi.

Terroristlar razvedka bo'limlarini chalg'itish maqsadi bilan vositaga ikkita nomeri o'rnatib ayni marka va modeldagi boshqa vosita ham hujjatga olingani aniqlandi.

Faoliyatlar yakunlanishi bilan 3 avtobus va bir avtomobil , qutqaruvchilar tomonidan usti yopilib voqea joyidan olib ketildi.

Portlashdan keyin berkitilgan Ino'nu Bulvarining bir qismi yo'l harakatiga ochildi.

Xoin hujum tufayli Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Ozarbayjonga uyushtiradigan safarini bekor qildi. Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lu ham kecha oqshom, Yevropa sammit uchun Belgiyaga safar qilishdan voz kechdi.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #terror , #hujumi , #Portlash , #28 nafar , #halok , #61 nafar , #yarador

Aloqador xabarlar