12 yildir hokimiyatda bo’lgan Adolat va Taraqqiyot Partiyasi kon

Erdog’an ertasi yangi bosh rahbar Ahmet Davuto’g’liga hukumat tuzish vazifasini beradi.

104669
12 yildir hokimiyatda bo’lgan Adolat va Taraqqiyot Partiyasi kon

12 yildir hokimiyatda bo’lgan Adolat va Taraqqiyot Partiyasi kongressi o’tkazilmoqda.
Bosh Vazir va saylangan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an kongressda partiya bosh rahbari kursisiga Tashqi Ishlar Vaziri Ahmet Davuto’g’liga davr etishi kutilmoqda.
Ertaga saylangan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Majlisning favqulodda yig’ilishida qasam yod qilib davr taslim marosimi bilan Abdulloh Guldan bo’shaladigan Prezidentlik ko’shkiga chiqadi.
Prezident Erdog’an ertasi yangi bosh rahbar Ahmet Davuto’g’liga hukumat tuzish vazifasini beradi.
Shu bois oralarida davlat rahbarlari, prezidentlar va bosh vazirlar ham bo’lgan ko’plab davlat arbobi Turkiyaga tashrif buyurdi.
Mavzu bilan tegishli Makedoniya Turk Demokrat Partiyasi Bosh Rahbari Kenan Hasip, Turkiya, Turk Olamiy va Islom Olami uchun tarixiy bir kun ekanini bildirdi.
Hasip, “ Rajab Tayyib Erdo’g’an juda ko’p o’lkada, urug’doshlarimiz bilan, ayniqsa bolqonlarda Musulmonlar tomonidan juda ko’p sevilgan bir shaxsdir. Bolqonlarga tez tez safar qilgan, en uzoq hududlarini tanigan va tog’ridan tog’ri urug’doshlar va boshqa xalqlarning muammolari bilan aloqalangan bir rahbardir.” dedi.
Chernogoriya Bosh Vazir O’rinbosari Rafet Husovich esa Bosh vazir bo’ladigan Ahmet Davuto’g’li bolqonlar jihatidan juda muhim bir kishi ekanini bildirdi.
Husovich, “ Ahmet Davuto’g’li bolqonlarni ziyorat etgan dastlabki Tashqi Ishlar Vaziridir va aloqalar juda ilgari saviyada bir kishidir.” dedi.
Kosova Jamiyatchilik Boshqaruviy Vaziri va Kosova Turk Demokrat Partiyasi Bosh Rahbari Mohir Yog’jilar Davuto’g’li Tashqi Ishlar Vaziri sifatida Bolqonlarda ta’siri bo’lgan va Kosova Turklari bilan aloqalangan bir tashqi ıshlar vaziri bo’lganini ta’kidladi, “ Yangi Turkiya ichida ayni shaklda yutuqli bo’lishiga ishonaman. Va Turkiya yana ham kuchli bir bosh vazir va kuchli bir prezident bilan birgalikda ayni shaklda ta’sirini ortiradi. Biz ham Turkiyaning tashqarisida istiqomat qilgan Turklar sifatida o’zimizni baxtli va baxtiyor hisetamiz desak bo’ladi.” deb ifoda etdi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar