Yasin Ekrem Serim Jayhun Bayramov tomonidan ham qabul qilindi

Turkiya va Ozarbayjon konsulxonasi va koʻchib - qoʻnish masalalari ustidan yigʻilish oʻtkazildi.

2112932
Yasin Ekrem Serim Jayhun Bayramov tomonidan ham qabul qilindi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda, Turkiya va Ozarbayjon konsulxonasi va koʻchib - qoʻnish masalalari ustidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda, Turkiya Tashqi Ishlar vaziri oʻrinbosari Yasin Ekrem Serim va Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirining konsullik ishlaridan mas’ul oʻrinbosari Fariz Rzayev boshchiligidagi hay’at ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida istiqomat, aholi, fuqarolik, sud va transport masalalari qoʻlga olindi.

Hay’atlar koʻchib - qoʻnish masalasidagi ikki tomonli va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar.

Yasin Ekrem Serim, uchrashuvlari doirasida Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov tomonidan ham qabul qilindi.

Qabul chogʻida Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi ikki tomonlama, mintaqaviy va koʻp tomonli hamkorlik, mintaqadagi oxirgi vaziyatlar va Armaniston bilan olib borilgan tinchlik jarayonidagi vaziyat muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar