Xonkendida armanlar qurgan binolarni buzish ishlari davom etmoqda

Qorabog‘dagi arman rejimi tomonidan 1994 - yili Xonkendida qurilgani iddio etilgan va 2009 - yili rekonstruksiya ishlari olib borilgan “Parlament” va “G‘oziylar” binosini buzish ishlari,  Ozarbayjon hukumati ko‘rsatmasi bilan boshladi.

2111908
Xonkendida armanlar qurgan binolarni buzish ishlari davom etmoqda

Ozarbayjon, Qorabog‘ bosib olingan paytda armanlar tomonidan Xankendida qurilgan parlament binosini buzmoqda.

Qorabog‘dagi arman rejimi tomonidan 1994 - yili Xonkendida qurilgani iddio etilgan va 2009 - yili rekonstruksiya ishlari olib borilgan “Parlament” va “G‘oziylar” binosini buzish ishlari,  Ozarbayjon hukumati ko‘rsatmasi bilan boshladi.

Xonkendining markaziy maydonida armanlar tomonidan qurilgan 3 qavatli binoda, ishg‘ol davrida o‘zini “deputat” deb hisoblagan 33 nafar arman ish olib borgan.

Hozirning o‘zida buzish ishlari davom etgan “G‘oziylar” binosi esa 2013 - yili qurilgan bo‘lib, binoning ochilishida Armanistonning o‘sha paytdagi prezidenti Serj Sarkisyan ham ishtirok etgan.

Ozarbayjon hukumati tomonidan Xonkendida armanlarning ishg‘ol davrida noqonuniy ravishda qurilgan binolar buzilar ekan, boshqa tomondan esa, shaharning tarixiy binolari qayta tiklanmoqda.



Aloqador xabarlar