Ozarbayjon “Qasos operatsiyasi”ni o‘tkazdi

Ozarbayjon chegarada navbatchilik qilayotgan askarlaridan biri Armaniston tomonidan ochilgan otishma natijasida yaralanganidan keyin “javob operatsiyasi” uyushtirdi.

2101552
Ozarbayjon “Qasos operatsiyasi”ni o‘tkazdi

 

Ozarbayjon chegarada navbatchilik qilayotgan askarlaridan biri Armaniston tomonidan ochilgan otishma natijasida yaralanganidan keyin “javob operatsiyasi” uyushtirdi.

Ozarbayjon Davlat chegara xizmati tomonidan berilgan bayonotda, chegarachilarning Armanistonning kechagi provokatsiyasiga javoban operatsiya o‘tkazgani ma’lum qilindi.

Bayonotda, Ozarbayjon askarlari o'qqa tutilgan pozitsiyaning butunlay vayron qilingani, arman askarlari orasida qurbonlar borligi bildirildi.

Bayonotda, Armanistonning provokatsiyalariga bundan buyon yanada jiddiy va qat'iy choralar bilan javob berilishi ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, hodisa uchun javobgarlik Armaniston harbiy-siyosiy ma’muriyati zimmasida.

Armaniston Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjonning javob operatsiyasida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 2 askarning hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

Kecha Zangilon viloyatining Koʻllukishloq qishlogʻi yoʻnalishidagi Ozarbayjon pozitsiyalariga,

Kofan viloyatining Nerkin-An qishlog‘i yo‘nalishida arman pozitsiyalaridan o‘t ochildi va bir ozarbayjon askari yaralandi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar