Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

Kecha, 26 - dekabr kuni Rossiyaning Sankt - Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2081304
Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt - Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgan.

Qayd etilishicha uchrashuvda 2023 - yilgi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilgan. MDH doirasida ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatida faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston 20 dan ortiq tarmoq bo‘yicha hamkorlik organlari hamda ustuvor soha va tarmoqlar bo‘yicha 24 ta muhim bitimga qo‘shildi.

MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshar ekan, deyarli barcha tarmoqlarni qamrab olishga ulgurgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida so‘zlagan nutqida, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni tubdan kengaytirish va hamkorlikning amaldagi institutsional mexanizmlari samaradorligini oshirish zarurligini alohida qayd etgani ifoda etildi.

 



Aloqador xabarlar