Toshkentda Turkiya ta’lim muassasalari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahrining Wyndham mehmonxonasida Turkiya ta’lim muassasalarining ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

2069429
Toshkentda Turkiya ta’lim muassasalari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

 

Toshkent shahrining Wyndham mehmonxonasida Turkiya ta’lim muassasalarining ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur ta’lim yarmarkasida Turkiyaning Altinbas universiteti, Yasar universiteti, Atilim universiteti, Satanic universiteti va Acıbadem Mehmet Ali Aydınlar universiteti (ACU) tomonidan hamkorlikning keng qamrovli imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida, Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili Integrallashgan kursi №3 kafedrasi mudiri Po‘lat Omanov, bir guruh professor-o‘qituvchilar va talabalar yarmarkada ishtirok etdi va Turkiya universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kafedra mudiri Po‘lat Omanovning O‘zDJTU faoliyati haqidagi tanishtiruvi Turkiya OTM vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Turkiya oliygohlari vakillari bilan istiqboldagi hamkorlik aloqalari, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy anjumanlar, xalqaro loyihalar, amaliyot va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar