Ozarbayjon Ikkinchi Qorabogʻ urushi shahidlarini yodga olmoqda

Ozarbayjonliklar, Ikkinchi Qorabogʻ urushida qoʻlga kiritilgan gʻalabaning 3 - yilligi munosabati bilan shahidlar qabristonini ziyorat qildi.

2062086
Ozarbayjon Ikkinchi Qorabogʻ urushi shahidlarini yodga olmoqda

Ozarbayjonda Qorabogʻ gʻalabasining 3 – yilligida, oʻz tuproqlarini ishgʻoldan qutqarish uchun jonlarini fido qilgan shahidlar yodga olindi.

Ozarbayjonliklar, Ikkinchi Qorabogʻ urushida qoʻlga kiritilgan gʻalabaning 3 - yilligi munosabati bilan shahidlar qabristonini ziyorat qildi.

Poytaxt Bokuda 2 - Faxriy hiyobondagi shahidlikka borgan shahidlarning yaqinlari va fuqarolar u yerdagi qabrlarga gul qoʻyib, duo qildilar.

Eslatib oʻtamiz:

2020 - yilning 27 - sentabrida boshlangan Ikkinchi Qorabogʻ urushida Ozarbayjon qariyb 300 aholi punktini ishgʻoldan qutqardi. Ozarbayjon armiyasining Shushaga kirib borishi, Armaniston armiyasining tarqab ketishiga sabab boʻldi. Natijada, 2020 - yilning 10 - noyabrida mag‘lubiyatini tan olgan Armaniston o‘z armiyasini Agʻdam, Kalbajar va Lochin viloyatlaridan olib chiqishga va’da bergan deklaratsiyani imzoladi.

Shu munosabat bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 8 - noyabrni “G‘alaba kuni” deb e’lon qilgandi.

Ikkinchi Qorabogʻ urushida Ozarbayjon armiyasi 2 ming 908 nafar shahid berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabogʻ , #shahidlar

Aloqador xabarlar